Yapon tili

Материал из УзЭнц
Yapon tili
Milliy nomi: -{日本語}-
Mamlakatlar: Yaponiya, Tayvan, KXDR, Janubiy Koreya, Peru, Avstraliya.
Mintaqalar:
Rasmiylik holati: Yaponiya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: 125 million
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Oltoy
Alifbosi: kanji, kana
Til kodlari
-{ISO 639-1 ja}-
-{ISO 639-2 jpn}-
-{ISO 639-3 jpn}-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Yapon tili — yaponlar tili, Yaponiyaning rasmiy davlat tili. Yapon tilining genetik aloqalari, yaʼni uning u yoki bu til oilasiga mansubligi uzoq vaqt aniqlanmagan: u goh oltoy tillariga, goh avstronez tillariga mansub deb kelingan. Soʻnggi oʻn yilliklardagi tadqiqotlar Yapon tilining oltoy tillari oilasiga mansubligini isbotlamoqda. Bu til, asosan, Yaponiyada, shuningdek, Osiyo, Amerika va Yevropaning bir qancha mamlakatlari (AQSH, Kanada, Braziliya va boshqalar)da, Avstraliyada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 126 mln. (Yaponiyaning oʻzida — 124 mln.) kishidan ortiqroq (2000). Yapon tilida, asosan, shim.sharqiy, gʻarbiy va jan. lahja guruhlari farqlanadi. Fonologik tizimi avstronez tillarinikiga yaqin boʻlib, adabiy tilda 35 fonema (jumladan, 5 ta unli) mavjud. Unlilar choʻziqlikqisqalik, undoshlar esa yakka va qoʻshaloq kelish xususiyatlariga ega boʻlib, bu xususiyatlar koʻpincha maʼno farqlash uchun xizmat qiladi. Grammatik tizimi oltoy, xususan, turkiy tillardagiga oʻxshash: ot va feʼl turkumlaridagi koʻmakchi, yuklama xarakteridagi soʻzlar va qoʻshimchalar, soʻz tartibida aniklovchining aniqlanmishdan oldin, kesimning hammavaqt gap oxirida kelishi. Leksikasida asl yapon soʻzlaridan tashqari xitoy tilidan oʻzlashgan soʻzlar ("kango") koʻp boʻlib, ular Yapon tiliga xitoy yozuvi bilan birga kirib kelgan. Zamonaviy oʻzlashma soʻzlar ("gayraygo") asosan ingliz tilidan kirib kelmoqda. Har ikkala turdagi oʻzlashma soʻzlar oʻzining fonologik, morfologik va grammatik xususiyatlariga ega. Asl yaponcha soʻzlar va grammatik koʻrsatkichlar yapon yezuvining xiragana shaklida, chet tillardan kirib kelgan soʻzlar esa katakana shaklida yoziladi (q. Yapon yozuvi). Hoz. Yapon tili uslubiy jihatdan ham rangbarangdir: kitobiy va ogʻzaki nutq aniq chegaralanib turadi, turli funksional uslublar farqlanadi, nutqning odobhurmat darajasiga qarab tabaqalanishi, erkaklar va ayollar nutqidagi farqlanishlar va boshqalar9—10-asrlarda gʻarbiy (kioto) lahja asosida adabiy til ("bungo" — yozma til) shakllangan. 13—14-asrlarda bungo meʼyorlari ogʻzaki nutqdan farqlana boshlagan. 1868 yil Meyji inqilobidan keyin sharqiy (tokio) lahjaga asoslangan adabiy til shakllangan. 20-asr oʻrtalarigacha har ikkala adabiy tildan foydalanib kelingan. Shundan keyingi davrda toʻliq shakllangan zamonaviy adabiy til, bungoning baʼzi elementlarini saqlab qolgan holda, uning oʻzini isteʼmoddan siqib chiqargan. Hoz. kunda adabiy Yapon tili ayrim oʻziga xos shevalarni ("kansay" — markaziygʻarbiy, "okinava" — jan.) hisoblamaganda, qolgan barcha shevalarni ham isteʼmoldan chetlashtirmoqda. Mahalliy lahja va shevalardan oila doirasidagina foydalanilmoqda.

Ismatulla Bekmurodov.

Yapon tili (日本語 Nihongo, [nihoŋɡo]) 120 milliondan ortiq kishi soʻzlashuvchi tildir.