Zagreb universiteti

Материал из УзЭнц
Zagreb universiteti
Huquq fakulteti.
Asl nomi Sveučilište u Zagrebu
Xalqaro nomi Universitas Studiorum Zagrabiensis
Asos solingan 1669-yil
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Aleksa Bjeliš
Talabalari 56113 (2004)[1]
O‘qituvchilar 8080 (2004)[2] ta
Vebsayti unizg.hr

Zagreb universiteti — Xorvatiyadagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1669-yil falsafa-teologiya oliy maktabi sifatida Lepoglav shahrida tashkil topgan. Keyinchalik Zagreb shahriga koʻchirilgan. 1874-yilda universitet maqomini olgan. Falsafa, huquqshunoslik, iqtisod, tabiiy fanlar, matematika, tibbiyot, meʼmorlik va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bir nechta ilmiy tadqiqot instituti, kutubxonasi (17-asrda tashkil etilgan, 1 milliondan ortiq asar) bor. 50 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.[3]

Manbalar[править | править код]