Abdujabbor Abdurahmonov

Материал из УзЭнц
Версия от 13:27, 4 июля 2021; Sf7 uz (обсуждение | вклад) (Text replacement - "[[Turkum" to "[[Category")

Abdurahmonov Abdujabbor (1907— Toshkent—1975) — O‘zbekiston XKS raisi (1938—50). Marg‘ilon, Farg‘ona, Yangiyo‘l va Qo‘qon shaharlari, Buxoro viloyatida rahbarlik lavozimlarida ishlagan (1929—37). 1954—57 yillarda O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining o‘rinbosari va O‘zbekiston SSR Davlat reja komissiyasining raisi. Vetnamdagi elchixonada iqtisodiy masalalar yuzasidan maslahatchi (1960—64), O‘zbekiston SSR Mahalliy sanoat vaziri (1965—71), O‘zbekiston hukumatining SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi doimiy vakili (1971—75) lavozimlarida ishlagan. A. xotirasi abadiylashtirilib, Toshkentdagi politexnikum, ko‘cha, Toshkent tumanidagi jamoa xo‘jaligi uning nomiga qo‘yilgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Шаблон:OʻzME