Ayribobo choʻqqisi

Материал из УзЭнц
Версия от 13:28, 4 июля 2021; Sf7 uz (обсуждение | вклад) (Text replacement - "[[Turkum" to "[[Category")


Ayribobo cho‘qqisi - O‘zR Surxondaryo viloyatidagi Ko‘hitangtov tizmasining suvayirg‘ich qismidagi cho‘qqi. O‘zbekiston bilan Turkmaniston chegarasida. Balandligi 3139 m. Ayribobo choʻqqisi Ko‘hitangtovning eng baland joyi. Ayribobo choʻqqisining aksari qismini nurashga chidamli argillit va alevrolitlar hamda qumtoshlar tashkil etgan. Cho‘qqi nayzasimon shaklda. Ayribobo choʻqqisi Ko‘hitangtov-Surxon qo‘riqxonasi hududiga kiritilgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Шаблон:OʻzME