Bahshillo Fatullayev (1963-yil 15-sentabr tugʻilgan) oʻzbek aktyoridir. [1]

Bahshillo Fatullayev
Файл:Bahshillo Fatullayev.jpg
Tugʻilgan paytidagi ismi Bahshillo Fatullayev
Tavalludi sanasi 1964 09 15
Tavallud joyi Buxoro, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1989—hozirgacha

Baxshillo Fatullayev san’atdagi faoliyatini 1989 yilda boshlagan. Fatullayev 2012-yilda “Faryod” kinofilmida debyut qilgan va o‘shandan beri ko‘plab serial va filmlarda suratga tushgan. [2]

Biografiyasi Править

Fatullayev Baxshillo Ismatovich 1964-yil 15-sentyabrda Buxoro shahrida tug‘ilgan . 1981-yilda o‘rta maktabni tugatgach, hozirgi Toshkent Davlat san’at va ma’daniyat oliygohiga o’qishga kirgan. 1986-yilda institutni tamomlab 1989-yilgacha Buxoro viloyatidagi madaniyat markazi mudiri lavozimida foliyat yuritgan. [3]

2012-yilda Said Muxtorovning “Faryod” filmida ota rolini ijro etdi. 2014 yilda "Ko'z yoshlarim” filmidagi roli esa unga unchalik omad keltirmadi. 2015-yilda “Egizak oshiqlar”, 2016-yilda Farhod va Shirin rollari unga katta muvaffaqiyat keltirdi. Prodyuser Ruslan Mirzayevning “ Istanbullik milliarder ” filmida rol o‘ynagan . “Panjara” filmidagi salbiy qahramon roli bilan u ko‘p qirrali aktyor ekanligini ommaga ko‘rsatdi. Rustam Sa’diyevning “Ota rozi” filmida bosh rolni ijro etgan. Turkiya bilan hamkorlikda sur’atga olingan “ Yuraklar jangi ” va “ Muhabbat o‘yinlari ” seriallari unga haqiqiy shuhrat keltirdi. [4]2021-yilda u “Mehr-shafqat operatsiyasi” filmida harbiy rolda suratga tushgan. Hozirda premyerani kutayotgan filmlari rejissyori Rustam Sa’diev, Baron 2 [5] va prodyuser Ruslan Mirzayev , Yur Muhabbat [6].

Filmografiyasi Править

Quyida Baxshillo Fatullayev suratga tushgan filmlar xronologik tartibda keltirilgan. [7][8]

Yil Sarlavha Rol Manba
2012 Faryod [9]
2014 Ko'z yoshim [10][11]
2015 Egizak oshiqlar [12]
2015 Baxt ortidagi dard
2016 Farxod va Shirin [13]
2016 Taqdir xazili
2017 Sevadi sevmaydi [14]
2018 Panjara
2019 Ota rozi [15]
2019 Istanbullik milliarder [16]
2021 Mehr operatsiyasi General
2022 Baron 2 [17]

Seryal Править

Yil Sarlavha Manba
2020 Yuraklar jangi [18]
2020–2021 Ishq oʻyinlari [19][20]
2021 Qo’rqma yural
2022 Yur Muhabbat [21]

Manbalar Править

  1. Машҳурликкача босилган қадам…Актёр Бахшилло ФАТУЛЛАЕВ nuz.uz
  2. Бахшилло Фатуллаев ижодида муҳим ўрин тутадиган роллардан бири, бу... yuz.uz
  3. Bahshillo Fatullayev - Биография muzfm.tv
  4. Бахшилло Фатуллаева (Bahshillo Fatullayev) мастерски сыграл роль в сериале «Бесстрашное сердце» uzdaily.uz
  5. Возобновились съемки фильма «Барон-2» yuz.uz
  6. Актер Бахшилло Фатуллаев учун ҳозир ижод қайнаган палла nuz.uz
  7. Bahshillo Fatullayev rizanova.uz
  8. Baxshillo Fatullayev haqida buluteka.com
  9. Faryod 2 (o'zbek film) | Фарёд 2 (узбекфильм) showmedia.uz
  10. Ko’z yoshim filmnavi.ru
  11. Ko'z yoshim uzmedia.net
  12. EGIZAK OSHIQLAR (O'ZBEK FILM) | ЭГИЗАК ОШИКЛАР (УЗБЕКФИЛЬМ) kinolar.pro
  13. Farhod va Shirin rizanova.uz
  14. Hindistonning “Muhabbat tafti” seriali orqali tanilgan aktyor O‘zbekistonning “Sevadi, sevmaydi” filmida suratga tushdi daryo.uz
  15. Дежурный жених – Ota rozi kinonavigator.ru
  16. O‘zbek kinoijodkorlari Istanbulda “Istanbullik milliarder” filmini suratga olmoqda xs.uz
  17. Возобновились съемки фильма «Барон-2» (видео) darakchi.uz
  18. Yuraklar jangi ru.kinorium.com
  19. Ishq o’yinlari (treyler) O’zbekistonda ilk bor Turkiyaning mashxur aktyorlari ishtirokidagi samarkand.me
  20. “Ишқ ўйинлари” – кескин бурилишларга бой миллий сериал popcorn.uz
  21. «Юр муҳаббат» сериалининг суратга олиш ишлари қизғин давом этмоқда popcorn.uz

Havolalar Править