Oʻzbekiston

Материал из УзЭнц
-{Oʻzbekiston Respublikasi}-
-{-{Ўзбекистон Республикаси}-}-
Oʻzbekiston davlat bayrogʻi   Oʻzbekiston davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Kuch adolatdadir
Madhiya: Serquyosh, hur oʻlkam...
Oʻzbekiston Xaritasi
Oʻzbekiston Xaritasi
Poytaxt Toshkent
Rasmiy til(lar) oʻzbekcha, qoraqalpoqcha
Hukumat Prezidentlik Respublika
 • Prezident Shavkat Mirziyoyev
 • Bosh vazir Abdulla Oripov
Mustaqillik   Sovet Ittifoqidan
 • Eʼlon qilingan   1-sentabr 1991-yil
 • Tan olingan   8-dekabr 1991-yil
Maydon  
 • Butun 448 978 -{km²}- (56-)
 • Suv (%) 4,9
Aholi  
 • 2013 roʻyxat 30 183 400[1][2] (41- oʻrin)
 • Zichlik 61,4 kishi/-{km²}-
YaIM (XQT) 2014- yil roʻyxati
 • Butun $123,577 mlrd.[3] (-)
 • Jon boshiga $4 037
Pul birligi Oʻzbek soʻmi (UZS)
Vaqt Mintaqasi (-{UTC}-+5)
 • Yoz (-{DST}-) (-{UTC}-+6)
Qisqartma -{UZ, UZB}-
Internet domen -{.uz}-
Telefon prefiksi +998

Oʻzbekiston (rasman: Oʻzbekiston Respublikasi) — Oʻrta Osiyoning markaziy qismidagi mamlakat. Oʻzbekistonning poytaxti — Toshkent shahri. Davlat tili — Oʻzbek tili. Maydoni — 448,900[4] km2. Aholi soni (2018) — ↗32.650.200[5] . Pul birligi — soʻm.

Oʻzbekiston Respublikasi 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat.

Oʻzbekiston — mustaqil, demokratik, dunyoviy, konstitutsiyaviy davlat. Mamlakatning rasmiy tili Oʻzbekcha. Oʻzbekiston MDH, BMT, YXHT, va SHHT aʼzosidir.

Tarixi[править | править код]

Asosiy maqola: Oʻzbekiston tarixi

Geografiya[править | править код]

Oʻzbekistonning umumiy chegarasi 6221 kilometrga, gʻarbiy chekkasidan sharqigacha 1,425 kilometrga, shimolidan janubigacha esa 925 kilometrga choʻzilgan. U gʻarbdan va shimoldan Qozogʻiston (chegara uzunligi 2203 km.) bilan, sharqdan Qirgʻiziston (chegara uzunligi 1099 km.) va Tojikiston (chegara uzunligi 1161 km.) bilan, janubdan esa Turkmaniston (chegara uzunligi 1621 km.) va Afgʻoniston (chegara uzunligi 137 km.) bilan chegaradosh.

Demografiyasi[править | править код]

O'zbekiston Tojiklar
Файл:Oʻzbekiston Aholisi.JPG
Aholi piramidasi (2013-yilgi maʼlumot)

Oʻzbekiston aholisi ↗32,650,200 kishini tashkil qiladi (2018-yil, yil boshiga). Aholining aksariyat qismi (83,7 %[4] dan koʻprogʻi — 26,15 mln.kishi) oʻzbeklardan iborat. Ayniqsa Andijon viloyati aholisida oʻzbeklar hissasi juda katta. Har biri 1 milliondan oshiqroq ruslar, qozoqlar, tojiklar; 500ming tatarlar, qirgʻizlar, qoraqalpoqlardan tashqari forslar (200 ming), koreyslar (200 ming), ukrainlar (150 ming), turkmanlar (150 ming), ermanilar (100 ming), arablar va loʻlilar (500 ming) va boshqalar. Aholining 51 % shaharlarda va 49 % — qishloqlarda istiqomat qiladi.

Aholining asosiy qismi — oʻzbeklar boʻlib, ular aholining 83,7 %[4] ni tashkil qiladi. Oʻzbekiston koʻp millatli respublika boʻlib, 130 ga yaqin millat va elatlarning vakillari istiqomat qilishadi.

Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar singari Oʻzbekiston Respublikasining ham aholisi nisbatan „yosh“ boʻlib, uning katta qismi mehnatga layoqatli yoshdadir. Aholi umumiy miqdorining 42 %ini mehnatga layoqatli davrgacha boʻlgan yoshlar, 51 %i mehnatga layoqatli va 7 % mehnatga layoqatli davrdan katta yoshlilar tashkil etadi.[6]

Etnik tarkibi[править | править код]

Maʼlumot 2018-yilga tegishli:

Millat Soni
Oʻzbeklar 26 mln. 300 ming kishi (Jami aholining 83 %)
Tojiklar 1 mln. 300 ming kishi
Qozoqlar 750ming kishi
Ruslar 770 ming kishi
Qoraqalpoqlar 750ming kishi
Tatarlar 500 ming kishi (boshqa maʼlumatlorga koʻra — 700 mingga yaqin)
Qirgʻizlar 232 ming kishi
Koreyslar 178 ming kishi
Turkmanlar 152 ming kishi
Ukrainlar 105 ming kishi
Armanlar 42 ming kishi
Ozarbayjonlar 36 ming kishi
Forslar 30 ming atrofida
Uygʻurlar 20 ming atrofida
Beloruslar 20 ming atrofida
Qrim tatarlari 10 ming atrofida (boshqa maʼlumatlorga koʻra — 90 mingga yaqin)
Yahudiylar taxminan 20 — 30 ming kish
Turklar 10 ming atrofida
Olmonlar 7.9 ming kishi
Yunonlar 10 mingdan ozroq

Madaniyat[править | править код]

Oʻzbekiston fuqarosi pasport orqali aniqlanadi. Qadimdan Oʻzbekiston yeri Oʻrta Osiyoda madaniyat oʻchogʻi boʻlib kelgan. Bu yurtdan chiqqan olim va shoirlar butun dunyoni qoyil qoldirgan. Hozir ham davlat tomonidan yaratib berilgan keng imkoniyatlar natijasida Oʻzbekistonda madaniyat va sanʼat sohasi rivojlanmoqda. Oʻzbek kinolari xalqaro kinofestivallarning gʻolibi boʻlmoqda. Oʻzbekistonda ayniqsa qoʻshiqchilik sanʼati keng rivojlangan. Oʻzbek primadonnasi nomini olgan Yulduz Usmonovani nafaqat Oʻrta Osiyoda, balki butun dunyo boʻylab muxlislarini topish mumkin. Shu qatorga yana Ozodbek Nazarbekov larni qoʻshish mumkin.

Din[править | править код]

Asosiy maqola: Oʻzbekistonda din.

Aholining koʻpchilik qismi Islom dinining Hanafiya (sunniylar) mazhabidagi musulmonlardir, aholining bir qismi Islom dinining Shia mazhabiga eʼtiqod qilishadi. Bundan tashqari mamlakatda xristian dinining provoslavlar, katoliklar, protestantlar, lyuteryanlar, Arman Apostol Cherkovi, Yahova Shohidlari, Baptistlar, Yettinchi Kun Adventistlari, Koreys Xristianlari va boshqa mazhablari ham bor. Yahudiylik, Buddistlik, Krishnaitlar, Baxailar va boshqa dinlar ham Oʻzbekistonda mavjud.

  • 88,4 %--Islom (Hanafiylar, Sunniylar - 87,1%) va ( Shialar - 1,3 %)
  • 4,8 %-- Xristian (Pravoslavlar)
  • 2,4 %-- Xristian (Katoliklar, Protestantlar, Lyuteryanlar va boshqa xristian mazhablari)
  • 0,8 %-- Yahudiylar
  • 4,2 %-- Boshqa Dinlar

Taʼlim[править | править код]

Taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb eʼlon qilinadi. Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, eʼtiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, hizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qatʼiy nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasida halqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shahslar bilim olishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.

Davlat va Siyosat[править | править код]

Milliy bayramlar[править | править код]

1992-yil 2-iyulda Oliy Majlis qaroriga binoan ushbu kunlar bayram va dam olish kunlari deb eʼlon qilingan:

  • 1 Yanvar — „Yangi Yil Bayrami“
  • 14 Yanvar — „Vatan Himoyachilari kuni“
  • 8 Mart — „Xalqaro Xotin-Qizlar kuni“
  • 21 Mart — „Navroʻz Bayrami“
  • 9 May — „Xotira va Qadrlash kuni“
  • 1 Sentyabr — „Mustaqillik kuni
  • 1 Oktyabr — „Oʻqituvchi va Murabbiylar kuni“
  • 8 Dekabr — „Konstitutsiya kuni“
  • 31 Dekabr — „Yangi~Yil rasman“
  • * Ramazon Hayit (Iyd-al-Fitr) bayrami
  • Qurbon Hayit (Iyd-al-Adha) bayrami

Xalqaro Munosabatlar[править | править код]

Oʻzbekiston 37 ta xalqaro tashkilotlar aʼzosi. Quyidagi tashkilotlar Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonalariga ega:

  • BMT
  • Narkotiklar nazorati va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha BMT dasturining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi
  • BMTning milliyxalqlar Fondi
  • Qochoqlar boʻyicha BMTning Oliy Komissariat boshqarmasi
  • BMTning bolalar fondi vakolatxonasi — UNICEF
  • BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha vakolatxonasi
  • Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining vakolatxonasi JSST/WHO
  • Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti- EXHT /ОSCЕ
  • Xalqaro qizil xoch qoʻmitasining vakolatxonasi — ICRC
  • Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy jamiyatlari federatsiyasining vakolatxonasi — Red Cross

Xalqaro moliyaviy tashkilotlar:[править | править код]

Viloyatlar[править | править код]

Asosiy maqola: Oʻzbekistonning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi.

Oʻzbekiston 12 ta viloyat , (Sirdaryo, Navoiy, Jizzax, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona, Toshkent), Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi dan iborat.

Boʻlinishi Markazi Maydoni (kv.km) Aholisi Raqam
Andijon viloyati Andijon 4,200 3,105,000 2
Buxoro viloyati Buxoro 39,400 1,384,700 3
Fargʻona viloyati Fargʻona 6,800 3.620.100 4
Jizzax viloyati Jizzax 20,500 910,500 5
Xorazm viloyati Urganch 6,300  1,200,000 13
Namangan viloyati Namangan 7,900 2,000,123 6
Navoiy viloyati Navoiy shahri 110,800 767,500 7
Qashqadaryo viloyati Qarshi 28,400 3,149,000 8
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus 160,000 1,200,000 14
Samarqand viloyati Samarqand 16,400  3,714,800 9
Sirdaryo viloyati Guliston 5,100 648,100 10
Surxondaryo viloyati Termiz 20,800 1,676,000 11
Toshkent shahri Toshkent shahri 3,338  2,340,900 1
Toshkent viloyati Toshkent shahri 15,300  4,450,000 12

Tabiiy resurslar[править | править код]

O‘zbekiston Respublikasida juda katta ishlab chiqarish va mineral xom-ashyo boyligi, noyob qishloq xo‘jaligi xom-ashyosi, qayta ishlash jarayonida olinadigan juda katta yarim fabrikatlar, boy tabiiy resurslar, ravnaq topgan infratuzilma bor.

Foydali qazilmalar razvedkasining zamonaviy darajasi juda boy nodir, rangli va noyob metall konlarini, organik yonilg‘ining barcha turlari — neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, qo‘ngʻir va yarim kokslanadigan ko‘mir, yonuvchi slaneslar, uran, qurilish materiallari uchun xom ashyoning ko‘p turlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liqdir.

Oʻzbekiston hududida 100 xildan ortiq mineral xom ashyolarning keng tarmogʻi aniqlangan boʻlib, hozir ularning 60 dan ortigʻi xalq xoʻjaligining tarmoqlarida ishlatilmoqda.

Oltin, uran, mis, tabiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforit, kaolin singari foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralariga koʻra O‘zbekiston MDH emas, butun jahonda yetakchi oʻrinni egallaydi.

Masalan, oltin zahiralari boʻyicha respublika jahonda toʻrtinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha oltinchi oʻrinda, mis zahiralar boʻyicha 10-11 oʻrinda, uran boʻyicha yettinchi-sakkizinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha 11-12 oʻrinda turibdi.

Mavjud boʻlgan mineral xom-ashyo zahiralarining aksariyati hozir ishlab turgan kon qazish komplyekslarini istiqboldagi uzoq muddat mobaynida xom-ashyo bilan taʼminlaydi, ayni vaqtda, oltin, uran mis, qoʻrgʻoshin, kumush, litiy, fosforitlar, kaliy tuzlari, dala shpati, vollastonit, agrokimyo maʼdanlari va shu kabi juda muhim foydali qazilmalarni qazib olishni tashkil etish, quvvatlarni koʻpaytirishga imkon beradi.

Buxoro

Transport[править | править код]

Toshkent shimoliy vokzali

Qurolli kuchlari[править | править код]

O`zbekiston respublikasi qurolli kuchlari 2015-yilga kelib Oʻzbekiston armiyasi jahonning 106 mamlakati qurolli kuchlari oʻrin olgan jahon armiyalari reytingida 48-oʻrinni egallaydi.[7] Bu haqda yangilangan Global Firepower reytingida axborot berilgan.[8]

Global Fire Power (GFP) maʼlumotlariga koʻra (ular 2014 yil martiga doir), Oʻzbekiston ixtiyorida hozirgi vaqtda 420ta tank, 715ta BTR (zirhli transport vositasi), 109ta raketa tizimlari, 69ta qiruvchi samolyot, 65ta vertolyot, xususan, 25ta hujumkor vertolyot va boshqa koʻplab qurol-aslahaga ega, qurol koʻtarib, armiyada xizmat qilishi mumkin boʻlgan aholisi soni esa 15,7 milliondan oshadi.[9]

GFP Oʻzbekiston haqidagi maʼlumotlarni Markaziy razvedka boshqarmasi sayti, MRBning World Factbook toʻplami maʼlumotlari, „Vikipediya“ va ochiq manbalardagi boshqa maʼlumotlarga asoslanib tuzib chiqqan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Oʻzbekistondan tashqari Qozogʻiston ham reytingdan oʻrin olgan boʻlib, GFP uni 80-oʻringa joylashtirgan. Oʻzbekistonga hududiy jihatdan yaqin mamlakatlar orasida Afgʻoniston 76-oʻrinni egallagan, Tojikiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston reytingga kiritilmagan.

MDH, Boltiqboʻyi mamlakatlari va Gruziya orasida Oʻzbekiston Rossiya (2-oʻrin) va Ukraina (21-oʻrin)dan keyingi 3-oʻrinni band etgan. Ozarbayjon (50-oʻrin), Belarus (52), Gruziya (64), Qozogʻiston (80), Estoniya (96), Litva (103) oʻrin olgan. Armaniston, Moldova, Latviya kabi mamlakatlar reytingga kiritilmagan.

Reytingga koʻra, AQSh armiyasi eng qudratli deb topilgan boʻlsa, Rossiya va Xitoy armiyasi kuchli uchlikdan oʻrin olgan. Hindiston, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya va Yaponiya armiyasi esa kuchli oʻnlikka kirgan.

Qayd etish joiz, GFPʼning 2014 yilgi reytingida ham Oʻzbekiston 48-oʻrinda borayotgan edi.[10]

Taniqli shaxslar[править | править код]

Galereya[править | править код]

Manbalar[править | править код]

Havolalar[править | править код]

Portal Vikipediyada Oʻzbekiston portali bor.

Шаблон:MDH

Шаблон:Yerosiyo Iqtisodiy Hamkorligi