Baykal: различия между версиями
мНет описания правки |
Sf7 uz (обсуждение | вклад) м (1 revision imported: Oʻzbekiston) |
(нет различий)
|
Версия от 13:26, 27 мая 2018
Baykal (turkiycha Boykoʻl) - Sharqiy Sibirning janubidagi chuchuk suvli koʻl. 456 m balandlikda joylashgan, togʻlar bilan oʻralgan. Maydoni 31,5 ming km². Uz. 636 km, oʻrtacha eni 48 km. B. dunyodagi eng chuqur (1620 m gacha) koʻl. Tektonik jarayonlar natijasida vujudga kelgan. B.ga 336 daryo (shu jumladan Selenga, Barguzin, Yuqori Angara va boshqalar) quyiladi, Angara daryosi oqib chiqadi. Koʻlda 27 orol bor. Yanv.da muzlab, mayda muzdan boʻshaydi. B.da qariyb 1800 tur flora va fauna uchraydi. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi, yogʻoch tashiladi. B. sohilida Slyudyanka, Baykalsk sh lari joylashgan. Listvyanka shaharchasida Rossiya FA Sibir boʻlimining Limnologiya in-ti bor. Selenga daryosining quyi oqimi Rashiduddin (1247 —1318) asarida Barkoʻjin yoki Barkoʻjin-toʻkum deyilgan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil