Butan
- Ushbu maqola mamlakat haqidadir. Kimyoviy tushuncha haqida Butanlar sahifasiga qarang.
Butan podsholigi (Pendal Druk Shung) — Janubiy Osiyodagi, Himolay tog‘larining sharqiy qismidagi davlat. Maydoni 47 ming km2. Aholisi 742 737 kishi (20012). Poytaxti — Thimphu shahri. Maʼmuriy jihatdan 8 dzong (viloyat)ga bo‘lingan.
Butan Qirolligi -{འབྲུག་རྒྱལ་ཁབ་ Druk Gyal Khap}- | |||||||||
Shior: yoʻq | |||||||||
Madhiya: འབྲུག་ཙན་དན (Druk tsendhen) | |||||||||
Poytaxt | Thimphu | ||||||||
Rasmiy til(lar) | Dzongkha tili | ||||||||
Hukumat | Absolyut Rohiblik | ||||||||
| |||||||||
| |||||||||
Maydon | |||||||||
• Butun | 38 394 -{km²}- (132-) | ||||||||
• Suv (%) | 1.1 | ||||||||
Aholi | |||||||||
• 2012 roʻyxat | 742 737 (161- oʻrin) | ||||||||
• Zichlik | 18 kishi/-{km²}- | ||||||||
YaIM (XQT) | 2011- yil roʻyxati | ||||||||
• Butun | AQSh$4,287 mil. (154-) | ||||||||
• Jon boshiga | AQSh$6112 | ||||||||
Pul birligi | Ngultrum (BTN )
| ||||||||
Vaqt Mintaqasi | (-{UTC}-+6) | ||||||||
• Yoz (-{DST}-) | (-{UTC}-+6) | ||||||||
Qisqartma | -{BT}- | ||||||||
Internet domen | -{.bt}- | ||||||||
Telefon prefiksi | +975
| ||||||||
Davlat tuzumi Править
Butan — konstitutsiyali monarxiya. Davlat boshlig‘i — podsho. Podsho huzurida 9 maslahatchidan iborat kengash bor. Qonun chiqaruvchi organ — bir palatali Milliy Assambleya 150 aʼzodan iborat (105 nafari saylanadi, 10 nafari tayinlanadi, qolganlari — rasmiy kishilar, hukumat aʼzolari va podsho kengashining aʼzolari). Ijroiya hokimiyat podsho tomonidan Vazirlar Kengashi orqali amalga oshiriladi.
Hududiy boʻlinishi Править
Butan hududi 4 ta dzongdeyaga boʻlingan. Ular esa 20 ta dzongxaga boʻlingan[1], shularni quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:
Tabiati Править
Butan hududi tog‘liqsan iborat. Eng baland cho‘qqisi — Jomolhari (7314 m). Iqlimi tog‘tropik, musson, sernam, tog‘larning yuqori qismida sovuq. Vodiylarda o‘rtacha tra yanvarda — 4,5 °C, iyulda 17 °C. Yiliga 1000–5000 mm yog‘in yog‘adi. 3500 m balandlikkacha o‘rmon, undan balandda subalp va alp o‘tloqpari. Daryolari — Sankosh, Amo, Kuru. JigmiDorji, Gaza, Manaz qo‘riqxonalari bor.
Aholisi Править
Aholisi asosan bxotiyalar; gurkhlar, nevarlar ham yashaydi. Aholining 13 % shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili — bxotiya (dzongke, tibet tiliga yaqin). Asosiy dini — lama mazhabidagi budda dini. Butan 9-asr oxirlaridan Tibetga, 19-asrning 2-yarmidan 1947-yilgacha Angliyaga qaram bo‘lgan. 1949-yildagi shartnomaga ko‘ra, Butan tashqi siyosat sohasidagi ishlarini Hindiston hukumati bilan bamaslahat olib boradi. Milliy bayrami — 17-dekabr — podsho saylangan kun (1917).
Iqtisodi Править
Butan — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 42,7 %, sanoat ulushi 9,6 %. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi o‘rinda. Vodiylarida sholi, arpa, bugʻdoy, tariq, makkajo‘xori, janubida paxta ekiladi. Janubi-sharqida bog‘dorchilik taraqqiy etgan (mango, apelsin, pizang va boshqalar). Yaylovlarda quy, yilqi boqiladi. O‘rmonlarda qimmatbaho daraxtlar ko‘p; lok, mushk[2], mum tayyorlanadi. Yigiruv va to‘quv hunarmandchiligi, o‘ymakorlik qadimdan rasm bo‘lgan. Taxta tilish zavodi va meva konserva fabrikasi bor. 1,5 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. 1968-yildan aerodrom ishga tushgan. Asosiy transport vositasi otulov.[3]
Manbalar Править
- ↑ Districts of Bhutan
- ↑ Tandin pem & Jigme wangchuk. (October 14, 2011). Bhutan’s new Queen is home. Bhutan Observer. Asl nusxadan arxivlandi (2012-02-02). 2011-10-19.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ушбу мақолани ёзишда Ўзбекистон миллий энциклопедияси (2000-2005) маълумотларидан фойдаланилган. |