Chilustun
Chilustun — Oʻzbekistonning Andijon viloyati va Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati chegarasidagi past togʻlar, PomirOlay tizmalarining tarmogʻi.
Xoʻjaobod tumani hududida. Shim.gʻarbdan jan.sharq va sharqqa 12 km ga choʻzilgan. Balandligi 1200–1400 m gacha. Shim. yon bagʻri qiyaligi kamroq, asosan, adirlardan iborat.
Ушбу мақолани ёзишда Ўзбекистон миллий энциклопедияси (2000-2005) маълумотларидан фойдаланилган. |