ChirchiqToshkent viloyatidagi shahar. Chirchiq daryosining oʻng sohilida, Qorjontovning yon bagʻrida, 730 m balandlikda, Toshkentdan 30 km shimoli-sharqda joylashgan. Aholisi 170,1 ming kishi (2015).

Shahar
Chirchiq
Mamlakat Oʻzbekiston
Mintaqa Toshkent viloyati
Hokim Rashitov Qahraman
Asos solingan 1935
Iqlim tipi keskin kontinental
Rasmiy tili Oʻzbekcha
Aholisi 170 395 nafar (2016)
Milliy tarkibi oʻzbeklar, qozoqlar, turkmanlar, tatarlar
Konfessiyaviy tarkibi Musulmonlar, Xristianlar va boshqalar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 (70) 71x-xx-xx
Pochta indeksi 111700
Avtomobil kodi 10
Rasmiy sayti http://chirchiq.uz Шаблон:Ref-oʻzbek, rus, ingliz
Bursel—Tashkent—Tekstil

Shahar tarixi Править

Toshkent Chorvoq temir yoʻldagi stansiya va avtomobil yoʻllari chorrahasi. Ch. 1932 yilda daryo boʻyidagi Qirgʻizquloq, Qipchoq, Niyozbek qishloqlari oʻrnida yirik elektrkimyo kti qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Yangi sanoat korxonalari qurilishi bilan aholi soni ham tez oʻsdi (1939 yil — 15 ming kishi, 1959 yil — 65 ming kishi, 1970 yil — 107,4 ming kishi). 30 — 40- yil larda Industrial texnikumi binosi, 50- yillarda elektrkimyo korxonasining Madaniyat saroyi va boshqa jamoat binolari qurildi. 1966—67 yillardan koʻp qavatli yirik panelli binolar qad koʻtardi. 2-jahon urushida halok boʻlgan chirchiqliklar xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik, madaniyat va istirohat bogʻlari, xiyobonlar, maktablar, poliklinika, kasalxona va boshqa bunyod etildi. Shahar yonida aholining dam olish joylari mavjud.

Zavod va fabrikalar Править

Shaharda "Chirchiqqishloqmash", "Transformator", "Oʻzbekkimyomash", "Elektrkimyosanoat" (mineral oʻgʻitlar), qattiq qotishmalar va oʻtga chidamli metallar kti kabi korxonalar ishlab turibdi. 26 ta qoʻshma korxona (shu jumladan, "Kibo", "Chirkom", "Uzmetalltexnolodji", "Bursel—Tashkent—Tekstil"), 850 dan ziyod kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. Qurilish materiallari, temirbeton konstruksiyalari ishlab chiqariladi. Gʻisht, asfaltbeton zavodlari, goʻsht, non ktlari, poyabzal va tikuvchilik fkalari mavjud.

Aholisi Править

Chirchiq aholisi 170 000 ming odam atrofida sanaladi. Chirchiq ko`p millatlarni o`z bag`riga sig`dirgan shahar. Chirchiqda o`zbek, qozoq, tojik, rus, tatar, qoraqolpoq, qizg`iz, koreys va boshqa millat vakillari tinch totuvlikda hayot kechirmoqdalar. Chirchiq shahrining aholisi yildan yilga oshib bormoqda. Ohirgi yillarda yangi turar joylar qurilib shahar infrastrukturasi rivojlanmoqda. Aholisi asosan o`zbek, rus va qozoq tillarida gaplashishadi.

Ta'lim va madaniyat Править

Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti, 25 umumiy taʼlim maktabi, 7 oʻrta maxsus bilim yurti, 12 kutubxona, 3 madaniyat muassasasi, muzey, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Kasalxona (500 oʻrin), poliklinika, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar ishlab turibdi. 2017 yili Chirchiqda yangi Pedagogika Insituti ochildi va Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Chirchiqga koʻchirilgan.

Transport Править

Chirchiqdan Toshkent shahriga avtobuslar va yoʻnalishli (Gazel rusumidagi) kichik mikroavtobuslar qatnaydi. Shahar ichida 26 ta yoʻnalishli avtobus va mikro avtobuslar qatnamoqda. Shahardan poyezd yoʻli oʻtgan.

Matbuot Править

"Chirchiq tongi" gazetasi (1932 yildan nashr etiladi, adadi 760), "Chirchiq" (1932 yildan nashr etiladi, adadi 800) gazetalari chiqariladi.