Emissiya

Материал из УзЭнц
Версия от 23:22, 5 июля 2021; Sf7 uz (обсуждение | вклад) (Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}")
(разн.) ← Предыдущая версия | Текущая версия (разн.) | Следующая версия → (разн.)

Emissiya (lot. — chiqarmoq, ishlab chiqarmoq) — muomalaga bank biletlari, barcha shakllardagi pul belgilari va qimmatli qogʻozlar chiqarish.

Pul emissiyasini davlatning markaziy (emissiya) banklari amalga oshiradi. Pul emissiyasi pul belgilarini bosib chiqarishnigina emas, muomaladagi naqd va naqd boʻlmagan pul massasining koʻpayishini ham bildiradi.

Qimmatli qogʻozlarni davlat, banklar, aksiyadorlik jamiyatlari chiqaradi.

Muomalaga pul va qimmatli qogʻozlar chiqargan har qanday organ yoki tashkilot (davlat banki, moliya-kredit muassasasi, korxona, kompaniya) emitent deb nomlanadi.

Manba[править | править код]