Emissiya

Материал из УзЭнц
Версия от 13:20, 26 июня 2018; Sf7 uz (обсуждение | вклад) („'''Emissiya''' (lot. — chiqarmoq, ishlab chiqarmoq) — muomalaga bank biletlari, barcha shakllardagi pul belgilari va qimmatli qogʻozlar chiqari...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi)
(разн.) ← Предыдущая версия | Текущая версия (разн.) | Следующая версия → (разн.)

Emissiya (lot. — chiqarmoq, ishlab chiqarmoq) — muomalaga bank biletlari, barcha shakllardagi pul belgilari va qimmatli qogʻozlar chiqarish.

Pul emissiyasini davlatning markaziy (emissiya) banklari amalga oshiradi. Pul emissiyasi pul belgilarini bosib chiqarishnigina emas, muomaladagi naqd va naqd boʻlmagan pul massasining koʻpayishini ham bildiradi.

Qimmatli qogʻozlarni davlat, banklar, aksiyadorlik jamiyatlari chiqaradi.

Muomalaga pul va qimmatli qogʻozlar chiqargan har qanday organ yoki tashkilot (davlat banki, moliya-kredit muassasasi, korxona, kompaniya) emitent deb nomlanadi.

Manba

Шаблон:OʻzME