Eskimos tili

Материал из УзЭнц
Eskimos tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Eskimos tili — paleoosiyo tillarining eskimosaleut guruhiga mansub til; RFda Chukot muxtor okrugida va Magadan viloyatining jan.sharqida, AQShda Alyaska yarim oroli va unga yaqin orollarda, Kanada va Grenlandiyaning shim. hududlarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 115 ming (AQShda — 38 ming , Kanadada — 28 ming , Grenlandiyada — 47 ming , RFda — 1,5 ming) kishidan iborat. Eskimos tili Grenlandiyada orol muxtoriyatining tili, qolgan mamlakatlarda esa oddiy soʻzlashuv tili hisoblanadi. Bir qancha belgilariga qoʻra oʻz qarindoshi — aleut tilidan keskin farq qiladi. Umuman Eskimos tilida 2 ta — yuit va inuit lahjalari, RFdagi Eskimos tilida 3 ta — chaplin, naukan, sirenik lahjalari ajratiladi. Koʻp asrlar mobaynida eskimoslarning maʼlum hududlar doirasidagina ajralib yashashi tufayli Eskimos tilining bir qator lahjalari mustaqil til belgilariga ega boʻlgan.

Eskimos yozuvi birinchi marta Grenlandiyada 19-asr oʻrtalarida (lotin grafikasi asosida), RFda 20-asrning 30- yillarida (1932—37 yillarda lotin grafikasi, 1937 yildan rus grafikasi asosida), AQSH va Kanadada 20-asrning 70- yillarida (lotin grafikasi asosida) shakllangan.