GUAM: различия между версиями

316 байт добавлено ,  5 лет назад
м
(„Demokratiya va iqtisodiy rivojlanish tashkilot — '''GUAM''' ({{lang-ru|'''ГУАМ'''}}; oldingi nomi {{lang-ru|'''ГУУАМ'''}}) — 1997-yilda tuz...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi)
 
Строка 8:
 
== Oʻzbekiston Respublikasi aʼzoligi ==
Oʻzbekiston birinchi prezidenti [[Karimov, Islom Abdugʻaniyevich|Islom Karimov]] oʻzining maxsus farmoni bilan, 2005-yilning oxirida, GUUAM tashkiloti doirasida imzolangan bir nechta hujjatlarni bekor qildi, jumladan Yalta hartiyasini, savdo va transportni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha memorandumni hamda GUUAMga aʼzo davlatlar hukumatlari oʻrtasida bojxona ishlari boʻyicha oʻzaro koʻmak berish va hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi shartnomani. Bu harakat, 2005-yilda may oyida davlat toʻntarishi uyushtirishga urinish va u natijasida qilingan xulosalar bilan bogʻlanadi. Siyosatshunoslar GUUAM tashkiloti qisqartmasi aslida "zargʻarldoq inqiloblar" roʻy berishi kutilgan ketma-ketlikda joylashtirilgan degan fikrni olgʻa surishgan.
 
Mazkur shartnomalarni bekor qilish bilan Oʻzbekiston oʻzini ularda aks ettirilgan majburiyatlardan ozod qildi. Rasmiy Toshkent Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon hamda Moldovadan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish hamda [[MDH]] doirasida Rossiya bilan munosabatlarning buzilishi maqsadida [[AQSh]] koʻmagi bilan tuzilgan tashkilotga 1999 yili aʼzo boʻlgan edi. Tashkilotning asl maqsadi ayon boʻlganidan soʻng, 2002 yilga kelib Oʻzbekiston tashkilot doirasidagi faoliyatini toʻxtatgan va 2005 yilning aprel oyida uni butunlay tark etgan.