GUAM: различия между версиями

224 байта добавлено ,  5 лет назад
м
нет описания правки
мНет описания правки
Строка 10:
Oʻzbekiston birinchi prezidenti [[Karimov, Islom Abdugʻaniyevich|Islom Karimov]] oʻzining maxsus farmoni bilan, 2005-yilning oxirida, GUUAM tashkiloti doirasida imzolangan bir nechta hujjatlarni bekor qildi, jumladan Yalta hartiyasini, savdo va transportni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha memorandumni hamda GUUAMga aʼzo davlatlar hukumatlari oʻrtasida bojxona ishlari boʻyicha oʻzaro koʻmak berish va hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi shartnomani. Bu farmon, 2005-yilda may oyida davlat toʻntarishi uyushtirishga urinish va u natijasida qilingan xulosalar bilan bogʻlanadi. Siyosatshunoslar GUUAM tashkiloti qisqartmasi aslida "zargʻarldoq inqiloblar" roʻy berishi kutilgan ketma-ketlikda joylashtirilgan degan fikrni olgʻa surishgan.
 
Mazkur shartnomalarni bekor qilish bilan Oʻzbekiston oʻzini ularda aks ettirilgan majburiyatlardan ozod qildi. Rasmiy Toshkent Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon hamda Moldovadan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish hamda [[MDH]] doirasida Rossiya bilan munosabatlarning buzilishi maqsadida [[AQSh]] koʻmagi bilan tuzilgan tashkilotga 1999 yili aʼzo boʻlgan edi. Tashkilotning asl maqsadi ayon boʻlganidan soʻng, 2002 yilga kelib Oʻzbekiston tashkilot doirasidagi faoliyatini toʻxtatgan. [[Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi]] oʻshanda oʻz qarorini, tashkilot haddan ziyod siyosiylashayotgani va GUUAM aʼzolari tomonidan qoʻyilgan vazifalarni bajarmay kelayotgani bilan izohlagandi. Keyinchalik 2005 yilning aprel oyida uni butunlay tark etgan.
 
== Manbalar ==