Gebrid orollari
Gebrid orollari - Atlantika okeanidagi arxipelag . Shotlandiyaning shim.-gʻarbida. 500 dan ortiq mayda oroldan (Lyuis, Skay, Mall va b.) iborat. Buyuk Britaniya tarkibida. Mayd. 7,5 ming km2. Tashqi Gebrid va Ichki Gebridlarga boʻlinadi, ular Nort-Minch, LitlMinch boʻgʻozlari va Gebrid burni orqali ajralib turadi. Orollar kristall jinslar va bazalt krplamlaridan tashkil topgan. Relyefi pasttekislik va past togʻlardan iborat (bal. 1009 m gacha). Koʻp qismi toshloq va botqoqli yerlar. Lava dalalari, qad. muzlik izlari saqlangan. Iqlimi moʻʼtadil, dengiz iqlimi; yanvar
ning urtacha t-rasi 4—6°, iyulniki 12—14°, yillik yogʻin 1000–2000 mm.
Yaylov koʻp, baʼzan qayinzorlar uchrab turadi. Aholi asosan baliq ovlash, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Movut ishlab chikariladi. Turizm rivojlangan.
Adabiyotlar Править
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ушбу мақолани ёзишда Ўзбекистон миллий энциклопедияси (2000-2005) маълумотларидан фойдаланилган. |