Gruzin tili
Gruzin tili | |
---|---|
Milliy nomi: | -{ქართული}- |
Mamlakatlar: | Gruziya |
Mintaqalar: | |
Rasmiylik holati: | |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: | 4.300.000 (1993) |
Tartiblovchi tashkilot: | |
Oʻrni: | |
Holati: | |
Turkumlanishi | |
Turkum: | |
Alifbosi: | gruzin alifbosi |
Til kodlari | |
-{ISO 639-1 | ka}- |
-{ISO 639-2 | kat}- |
-{ISO 639-3 | kat}- |
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik |
Gruzin tili — gruzin xalqi tili. Kavkaz (iberg-kavkaz) tillari kartvel guruhiga mansub. Unda.3917,7 ming kishi soʻzlashadi. Gruzin adabiy tili tarixi 2 davrga ajraladi: qad. gruzin (5 — 11-asrlar), hozirgi gruzin (12-asrdan boshlab). Kart dialekta gruzin adabiy tilining asosini tashkil etadi. G. t.ning dialektlararo differensiyasi juda kuchsiz. Hoz. G. t. fonetika tizimida 5 unli 25 undosh boʻlib, bular 3 turga ajraladi: jarangli, jarangsiz va boʻgʻiz usti. Morfologiyada prefiks (old qoʻshimcha) va suffiksdan foydalaniladi. G. t.ning morfologik tuzilishi agglyutinativdir. Grammatik jins farqlanmaydi, 6 ta kelishik bor. Tushum kelishigi yoʻq, uning oʻrnida ergativlik mavjud. Koʻmakchilardan keng foydalaniladi. G. t. sintaksisi predikativlik tuzilmaga ega. Ergash gapli qoʻshma gaplar ancha taraqqiy etgan[1].