Hikmatilla Tursunov
Tursunov Hikmatilla Qoʻchqorovich | |
Турсунов Ҳикматилла Қўчқорович | |
Tavallud sanasi: | 18-iyun 1954 (69 yosh) |
Tavallud joyi: | Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Fuqaroligi: | Oʻzbekiston |
Partiyasi: | Oʻzbekiston Xalq Demokratik partiyasi |
Tursunov Hikmatilla Qoʻchqorovich (oʻzb. Турсунов Ҳикматилла Қўчқорович, 1954-yil 18-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston) - Oʻzbekistonning harbiy arboblaridan biri, sobiq Mudofaa vaziri (1997-2000). General-polkovnik.
Biografiyasi[править | править код]
Maʼlumoti – oliy, 1977-yilda Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini va 1989-yilda Moskva bronetank qoʻshinlari akademiyasini bitirgan. 1991-yilgacha SSSR Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida faoliyat yuritgan[1]. 1991 – 1997-yillarda Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi tizimida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 1997-yil 29-sentyabrda Prezident Islom Karimov uni Mudofaa vaziri etib tayinlagan. 2000-yil 20-fevralda isteʼfoga ketgan[2].
Manbalar[править | править код]
Havolalar[править | править код]
Oʻzbekiston Mudofaa vazirlari[править | править код]
- 1992-1997 - Rustam Ahmedov
- 1997-2000 - Hikmatilla Tursunov
- 2000-2005 - Qodir Gʻulomov
- 2005-2008 - Ruslan Mirzayev
- 2008-yildan - Qobul Berdiyev
Avval kelgan: Rustam Ahmedov |
Oʻzbekiston Mudofaa vaziri 1997-2000 |
Keyin kelgan:<br./>Qodir Gʻulomov |