Inoyatov, Rustam Rasulevich
Inoyatov Rustam Rasulovich рус. Иноятов Рустам Расулович | |||
| |||
---|---|---|---|
31-yanvar 2018-yildan — 11-aprel 2018-yilgacha | |||
Prezident: | Shavkat Mirziyoyev | ||
Oʻtmishdoshi: | Otabek Murodov[1] | ||
Vorisi: | Bekzod Mavlonov[2] | ||
| |||
27-iyun 1995-yildan — 31-yanvar 2018-yilgacha | |||
Prezident: | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev | ||
Oʻtmishdoshi: | Gʻulomjon Aliyev | ||
Vorisi: | Ixtiyor Abdullayev | ||
Tavalludi: | 22-iyun 1944 (79 yosh) Surxondaryo | ||
Harbiy xizmatlari | |||
Xizmat qilgan yillari: | 1968-2018 | ||
Unvoni: | General-polkovnik | ||
Mukofotlari: |
Inoyatov Rustam Rasulovich (kril. – Иноятов Рустам Расулович[3]), (1944-yil 22-iyun, Surxondaryo viloyati Sherobod tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi.
Biografiyasi
- 1968-yilda Toshkent Davlat Universiteti Sharqshunoslik fakultetini “eronshunos” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Ingliz, fors tillarini mukammal biladi. Oʻqishni bitirgach, Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtagan.
- 1972-yilda Oʻzbekiston SSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi (KGB)ga xizmatga qabul qilingan.
- 1976-1981-yillarda - SSSRning xorijiy mamlakatlardagi vatandoshlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalar jamiyati xodimi.
- 1981-1986-yillarda - SSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi Birinchi bosh boshqarmasi (tashqi razvedka xizmati) xodimi.
- 1995-yil 27-iyun kuni Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlangan[4][5].
- 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi. Shu yil 11-aprelda iste'foga chiqarildi.
- 1992-yilda General-mayor, 1996-yilda General-leytenant, 1999-yilda esa General-polkovnik oliy harbiy unvoni berilgan.
- 2003-yilda Shon-sharaf ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Категории:
- 22-iyunda tugʻilganlar
- 1944-yilda tugʻilganlar
- Shaxsiyatlar
- Surxondaryoda tugʻilganlar
- Shon-sharaf ordeni sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 15 yil medali sohiblari
- Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar
- Vikipediya:Portreti yo‘q davlat arboblari haqida maqolalar
- Vikipediya:VikiOmborda illustratsiyalari yoʻq davlat arboblari haqida maqolalar
- Барча чала мақолалар