Irlandiya oroli: различия между версиями

Материал из УзЭнц
(+ 12 × [[]]; +Turkum:Orollar; +Turkum:Yevropa using HotCat; -{{no iwiki}}, +{{OʻzME}})
 
м (1 revision imported: YevroOsiyo)
(нет различий)

Версия от 09:15, 22 мая 2018

Irlandiya oroli - Britaniya orollari arxipelagidagi orol. Shimol, gʻarb va jan.dan Atlantika okeani, sharqdan Irlandiya dengizi oʻrab turadi. Shim. va San-Georg boʻgʻozlari orqali Buyuk Britaniya o.dan ajralib turadi. Mayd. 84 ming km2, shim. dan ja-nubga uz. 450 km, eni 300 km atrofida. Qirgʻoklari notekis, qoʻltiq va qoyali orollar koʻp. I. o.ning ichki qismi Markaziy tekislik, chekkalari past togʻlar (Karrantuill choʻqqisi, bal. 1041 m gacha) va platolardan iborat. Ikdimi moʻʼtadil, okean iqlimi, qishi yumshoq, yozi salqin va seryogʻin. Daryo (Shannon va b.), koʻl (LoxNey, Lox-Ern va b.) va botqoqlik koʻp. Oʻsimliklari yil boʻyi yashil boʻlib turadigan oʻtloq va vereskzorlardan iborat. I. o. ning katta qismida Irlandiya davlati, shim.sharqida Shimoliy Irlandiya joylashgan. Yirik shaharlari — Dublin, Belfast.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Шаблон:OʻzME


Turkum:Orollar Turkum:Yevropa