Joul — Lens qonuni (рус. Закон Джоуля — Ленца) — oʻtkazgichdan elektr toki oʻtganda unda ajraladigan issiqlik miqdorini ifodalovchi qonun. 1841-yilda Jeyms Joul va undan mustaqil ravishda 1842-yilda Emiliy Lens tomonidan topilgan va tajribada tasdiqlangan.

Joul — Lens qonunining amaliy ahamiyati katta; elektr choʻgʻlanma lampalari, elektr isitgichlar va elektr isitish qurilmalari shu qonunga asoslanib loyihalanadi.

Formulalar

 

 

Taʼrifi

Oʻtkazgich bir jinsli boʻlsa, elektr tokining ishi faqat issiqlik hosil qilish uchun sarf boʻlib, ajralgan issiqlik miqdori Q tok kuchi / kvadrati, oʻtkazgich qarshiligi R va tokning oʻtish vaqti / ga toʻgʻri mutanosib boʻladi. U Q^kPRt, bunda k — mutanosiblik koeffitsiyenti boʻlib, u oʻlchash birliklarining tanlanishiga bogʻliq boʻladi. Tok amperlarda, qarshilik Omda, vaqt soniyada olinsa, koeffitsiyent k-0,239=0,24 boʻlganda Q kaloriyalarda, k—h boʻlganda Q Joullarda ifodalanadi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Elektr Turkum:Fizik qonunlar Turkum:Issiqlik