Korporatsiya: различия между версиями

Материал из УзЭнц
Содержимое добавлено Содержимое удалено
(„'''Korporatsiya''' ({{lang-la| corporatio}} — birlashma, uyushma, hamjamiyat) — rivojlangan yirik aksiyadorlik jamiyati, biron bir faoliyat uc...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi)
 
м (Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}")
 
(не показана 1 промежуточная версия этого же участника)
Строка 13: Строка 13:
== Manbalar ==
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{manbalar}}
{{OʻzME}}
{{ЎзМЭ}}
[[Turkum:Korporativ boshqaruv]]
[[Category:Korporativ boshqaruv]]

Текущая версия от 23:25, 5 июля 2021

Korporatsiya (lot. corporatio — birlashma, uyushma, hamjamiyat) — rivojlangan yirik aksiyadorlik jamiyati, biron bir faoliyat uchun uyushgan yuridik va jismoniy shaxslar majmui.

Korporatsiya bir kasb yoki faoliyat sohasida fuqarolarni birlashtirishi ham mumkin. XIX-asr oʻrtalarida paydo boʻlgan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xoʻjalikning barcha tarmoqlarida asosiy mavqega ega.

Korporatsiyalar negizini aksiyadorlik jamiyatlari tashqil qiladi. XIX-asrning II-yarmidan xalqaro korporatsiyalar keng rivoj topdi. Aksariyat hollarda korporatsiyalar bir xil mahsulotlarning asosiy ishlab chiqaruvchilarini birlashtiradi, natijada ishlab chiqarish monopollashadi. Ayni paytda korporatsiya investitsiya kapitalining markazlashuviga yordam beradi, ilmiy-texnika taraqqiyotini, mahsulotning raqobatbardoshligi va uzoq hayotiy siklini taʼminlaydi.

Mulk egaligi maqomiga koʻra, davlat, xususiy, aralash (qoʻshma) korporatsiyalarga, tarmoqlar boʻyicha sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, aloqa va boshqa turdagi korporatsiyalarga boʻlinadi.

Rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmoqlari korporatsiyaga uyushgan hollar koʻp uchraydi (masalan, „Daewoo“ korporatsiyasi).

Oʻzbekistonda birinchi korporatsiyalar XIX-asrning 90-yillaridan boshlab sanoatning turli tarmoqlarida paydo boʻldi. [1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil