Lobachevskiy, Nikolay Ivanovich

Материал из УзЭнц
Версия от 05:07, 8 сентября 2018; uz>PlanespotterA320 (qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB))
(разн.) ← Предыдущая версия | Текущая версия (разн.) | Следующая версия → (разн.)

Lobachevskiy Nikolay Ivanovich [1792.20.11(1.12), Nijniy Novgorod -1856.12(24). 2, Qozon] — rus matematigi, noyevklid geometriyani yaratgan. Qozon universitetini tugatgach (1811), shu universitetda oʻqituvchi, professor (1816), fakultet dekani (1820-26), rektor (1827-46). Lobachevskiy Yevklid geometriyasilagp parallellik aksiomasi oʻrniga boshqa aksioma kiritib, ziddiyatdan xoli mukammal geometriya — noyevklid geometriyani yaratdi. Zamondoshlari tan olmaganligiga qaramay, Lobachevskiyning ishlariga xayrixoh Karl Gauss tavsiyasi bilan Gyottingen ilmiy jamiyatining muxbir aʼzoligiga saylangan. Lobachevskiy algebra (tenglamalarni taqribiy yechish usuli), matematik analiz (funksiyaning mukammal taʼrifi, qatorlarning yaqinlashish alomati), ehtimollar nazariyasi, mexanika va boshqa sohalarga muhim hissa qoʻshdi. Lobachevskiy moddiy qiyinchilik va xastaligiga qaramay, umrining oxirigacha ilmiy faoliyatini davom ettirdi. Lobachevskiy geometriyasining yaratilishi matematika taraqqiyotida katta voqea boʻldi, tabiat haqidagi tasavvurlarimizni boyitdi. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Шаблон:OʻzME

Turkum:Matematiklar Turkum:1792-yilda tugʻilganlar Turkum:1856-yilda vafot etganlar