Makarenko Anton Semyonovich (1888, Ukrainaning Sumi viloyati Belopolye shahri — 1939, Moskva) — sovet pedagogi va yozuvchisi.

Tarjimai holi Править

Poltavadagi oʻqituvchilar institutini tugatgan (1917). 1920—30 yillarda Poltava shahri yaqinidagi voyaga yetmagan qonunbuzar bolalar mehnat koloniyasiga, Harkov yaqinidagi bolalar mehnat kommunasiga rahbarlik qilgan.

Pedagogik faoliyati Править

Makarenko pedagogika amaliyotida qonunbuzar-bolalarni ommaviy qayta tarbiyalash tajribasini amalga oshirdi. Jamoada tarbiya berish nazariyasi va metodikasini, oilaviy tarbiya nazariyasini ishlab chiqdi.

Yozuvchilik faoliyati Править

"Pedagogik poema" (1935), "Minoralardagi bayroqlar" (1938), "Oʻttizinchi yil marshi" (1932), "Ota-onalar kitobi" (1937) asarlari va bir kancha pedagogik maqolalar muallifi.[1]

Manbalar Править

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil