Mesopotamiya pasttekisligi: различия между версиями
Sf7 uz (обсуждение | вклад) м (1 revision imported: YevroOsiyo) |
Sf7 uz (обсуждение | вклад) м (Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}") |
||
(не показаны 2 промежуточные версии этого же участника) | |||
Строка 4: | Строка 4: | ||
{{manbalar}} |
{{manbalar}} |
||
{{ |
{{ЎзМЭ}} <!-- Bot tomonidan yaratildi --> |
||
[[ |
[[Category:Osiyo]] |
||
{{ |
{{Zagotovka}} |
Текущая версия от 23:25, 5 июля 2021
Mesopotamiya pasttekisligi — Gʻarbiy Osiyodagi pasttekislik. Asosiy qismi Iroq, qolgan qismi Eron, Kuvayt, Suriya hududlarida, Dajla, Furot va Qarun daryolari havzasining quyi qismida, togʻ oldi bukilmasida joylashgan. Bukilma usti daryolar keltirgan allyuviy jinslar, Fors qoʻltigʻining dengiz choʻkindilari va togʻlardan nuragan toshlar bilan toʻlgan. Yer yuzasining koʻp qismi yassi tekislik. Balandligi shim.da 200 m gacha, jan.da 100 m va undan past. Iqlimi shim.da subtropik, jan.da tropik, choʻl iqlimi; yanvarning oʻrtachi temperaturasi 11°, avg .da 34°, yozda ayrim kunlari 50° gacha koʻtariladi. Yillik yogʻin 100–200 mm. Koʻl va shoʻrxok koʻp. Daryolari bahorda sersuv, kema qatnaydi. Vodiylarida oʻrmon va vohalar bor. Sugʻorib dehqonchilik qilinadi (bugʻdoy, sholi, paxta ekiladi), koʻchmanchi chorvachilik rivojlangan. Xurmozorlar bor. Neft konlari (Kirkuk, Rumayla va boshqalar) topilgan. Yirik shaharlari: Bagʻdod, Basra (Iroq), Obodon (Eron).[1]
Manbalar[править | править код]
Ушбу мақолани ёзишда Ўзбекистон миллий энциклопедияси (2000-2005) маълумотларидан фойдаланилган. |