Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi: различия между версиями

нет описания правки
м (Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}")
Нет описания правки
 
(не показана 1 промежуточная версия 1 участника)
Строка 40:
Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida [[Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi]] tugatilib, uning hududi yangi tuzilgan OʻzSSR, Turkmaniston SSR, [[Tojikiston ASSR]] (OʻzSSR tarkibida, 1929 yildan Tojikiston SSR), shuningdek, Qoraqirgʻiz (Qirgʻiziston) muxtor viloyati ([[RSFSR]] tarkibida; Qirgʻiziston SSR), Qoraqalpoq muxtor viloyati (Qozogʻiston ASSR tarkibida; keyinchalik Qoraqalpogʻiston ASSR, 1936 yildan OʻzSSR tarkibida) tarkibiga kiritildi.
 
Umumoʻzbek sovetlarining Buxoroda boʻlgan 1-qurultoyi (1925 yil 13—17 fevral)da "Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisida deklaratsiya" qabul qilindi. Qurultoyda respublikaning oliy organlari: OʻzSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi — OʻzSSR MIK va OʻzSSR Xalq Komissarlari Soveti — OʻzSSR XKS tuzilgan. OʻzSSR maʼmuriy jihatdan 1925 yilda dastlab 815 ta viloyat (Samarqand, Toshkent, Fargʻona, Xoʻjand, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm) va Tojikiston ASSR (1929 yilgacha OʻzSSR tarkibida boʻlgan), 22 uyezd va 241 volostga boʻlingan. 1926 yilda maʼmuriy-iqtisodiy r-nlashtirish amalga oshirilgan. 1987 yil da OʻzSSR tarkibiga Qoraqalpogʻiston ASSR (1936 yildan u OʻzSSR tarkibida boʻlgan), 12 ta oblast (Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Xorazm, Qashqadaryo), 155 rayon, 123 shahar, 95 ta posyolka hamda Toshkent shahri kirgan. OʻzSSR Butunittifoq sovetlarining 3-syezdi (1925 yil 13 may)da SSSR tarkibiga kiritilgan. 1927, 1937, 1978 yillarda OʻzSSR Konstitutsiyalari qabul qilingan.
 
Respublika siyosiy hayotida Oʻzkompartiya (1925 yil fevralda Buxoroda tuzilgan) yetakchi rol oʻynagan. OʻzSSR da hokimiyatning qonun chiqaruvchi oliy organi — OʻzSSR Oliy Soveti (1937 yildan) hamda ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi — OʻzSSR Ministrlar Soveti (1946 yildan) hisoblangan. Davlat hokimiyatining mahalliy organlari — 2,5 yilga saylanadigan xalq deputatlarining oblast, rayon, shahar, posyolka, qishloq va ovul sovetlari boʻlgan. Biroq amalda hokimiyat [[Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi]] (KPSS)ning respublikadagi boʻlimi — Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi va markaz gumashtalari qoʻlida boʻlgan. OʻzKP(b) eʼtiborini sovet hokimiyatini mustahkamlashga, bosmachilik va burjuaz mulkdorlarga qarshi kurashga, sotsialistik industrlashtirishni amalga oshirishga, qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirishga, madaniy inqilobni oʻtkazishga qaratgan.
Анонимный участник