Oʻzbek yozuvi
Arab yozuvi Править
- Asosiy maqola: Eski oʻzbek yozuvi.
Oʻzbekistonda arablar istilosidan to 1929 yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920-yillarning oʻrtalaridan Oʻzbekistonda arab yozuvini oʻzgartirish boshlandi. Arab yozuvi qoloqligimizning va savodsizligimizning sababchisi ekanligi tan olindi. 1929—1930 oʻquv yilidan Oʻzbekiston lotin yozuviga oʻtdi.
Arab alifbosi: آ ا أ ء ب پ ت ث ج چ ح خ د ذ ز ژ س ش ص ض ط ظ ع غ ف ق ک گ ل م ن و ٶ ۇ ۉ ە ة ى ي ې ٸ
Yanalif Править
- Asosiy maqola: Yanalif.
1929-yildan boshlab arab yozuvidan yangi lotin vozuviga (yanalif) o‘tilgan. U 1940-yilgacha ishlatilgan.
A a | B b | C c | Ç ç | D d | E e | Ə ə | F f |
G g | Ƣ ƣ | H h | I i | J j | K k | L l | M m |
N n | N̡ ᶇ | O o | Ө ө | P p | Q q | R r | S s |
Ş ş | T t | U u | V v | X x | Y y | Z z | Ƶ ƶ |
' |
Kiril yozuvi Править
- Asosiy maqola: Oʻzbek kirill alifbosi.
1940 yilda Oʻzbekistonda kirill yozuviga oʻtildi. Buning natijasida 1929-40 yillar oraligʻida chop etilgan ilmiy, badiiy, pedagogik, oʻquv adabiyotlardan uzilib qoldik.
А а | Б б | В в | Г г | Д д | Е е | Ё ё | Ж ж |
З з | И и | Й й | К к | Л л | М м | Н н | О о |
П п | Р р | С с | Т т | У у | Ф ф | Х х | Ц ц |
Ч ч | Ш ш | Ъ ъ | Ь ь | Э э | Ю ю | Я я | Ў ў |
Қ қ | Ғ ғ | Ҳ ҳ |
1940 yildan 1991 yilgacha oʻrta hisob bilan oʻzbek tilida 50 ming nomda 50 million nusxada kitoblar chop etilganini (bunga shu yillari nashr etilgan jurnal, gazetalar kirmaydi) hisobga olsak, biz yana lotin yozuviga oʻtishda qanchadan-qancha adabiyotdan yiroqlashishimiz mumkinligi ayon boʻladi.
Lotin yozuvi Править
- Asosiy maqola: Oʻzbek lotin alifbosi.
Lotin yozuviga koʻchish Править
20-asr 90-yillari boshidagi siyosiy vaziyatdan kelib chiqib (asosan Turkiya qoʻllab-quvvatlashi bilan) lotin yozuviga koʻchish haqida 1993-yilda qaror qilindi.
Buning natijasida biz ota-bobolarimiz tomonidan yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik. Sababi dunyoning baʼzi rivojlangan mamlakatlari (ularni sanab oʻtirishning hojati yoʻq) lotin yozuvidan foydalanadilar. Shuning uchun ham hozirgi eng zamonaviy texnika, tabiiy fanlar yoki ijtimoiy tadqiqotlar haqidagi adabiyotlarning salmoqli miqdori shu yozuv asosida yoritiladi. BMT, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlarning xabar qilishlaricha, yangi texnika, texnologiya va fanga tegishli adabiyotlarning katta foizi lotin yozuvida chop etilar ekan.
A a | B b | D d | E e | F f | G g | H h | I i |
J j | K k | L l | M m | N n | O o | P p | Q q |
R r | S s | T t | U u | V v | X x | Y y | Z z |
Oʻ oʻ | Gʻ gʻ | Sh sh | Ch ch | ng | ʼ |
Oʻzbekistonda bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Alifbolardagi mosliklar Править
|
Oʻ
Qoidalar Править
Ts (Ц) harfi Править
- Soʻz boshida yoki soʻz oʻrtasida undosh tovushdan keyin S yoziladi.
- Lekin soʻz oʻrtasida unli tovushdan keyin Ts yoziladi.
Kiril | Lotincha toʻgʻri | Lotincha notoʻgʻri | ||
цирк | sirk | cirk, tsirk | ||
цех | sex | cex, tsex | ||
реакция | reaksiya | reakciya, reaktsiya | ||
акционер | aksioner | akciober, aktsioner | ||
федерация | federatsiya | federaciya, federasiya | ||
функция | funksiya | funktsiya, funkciya |
Ye (Е) harfi Править
- Soʻz boshida yoki soʻz urtasida unli tovushdan keyin Ye yoziladi.
- Lekin soʻz oʻrtasida undosh tovushdan keyin E yoziladi.
Kiril | Lotincha toʻgʻri | Lotincha notoʻgʻri | ||
енгил | yengil | engil | ||
етти | yetti | etti | ||
Низоев | Nizoyev | Nizoev | ||
қаерда | qayerda | qaerda |
Qattiq X va yumshoq H harflari Править
- Kirill Ҳ harfi lotincha H yoziladi.
- Kirill X harfi lotincha X yoziladi.
Kiril | Lotincha toʻgʻri | Lotincha notoʻgʻri | ||
дорихона | dorixona | dorihona, dorikhona | ||
жаҳон | jahon | jaxon, jakhon |
Istisnolar Править
Ya (Я) harfi Править
- Сентябр soʻzi lotincha sentabr yoziladi.
- Октябр soʻzi lotincha oktabr yoziladi.
Bosh harflar Править
Kiril | Lotincha toʻgʻri | Lotincha notoʻgʻri | ||
БАРЧАМИЗНИ | BARCHAMIZNI | BARChAMIZNI | ||
ЧИҚИШ | CHIQISH | ChIQISh | ||
Шаҳар | Shahar | SHahar |
Abbreviaturalar Править
Kiril | Lotincha toʻgʻri | Lotincha notoʻgʻri | ||
МЧЖ | MCHJ[1] | MChJ, MCJ | ||
ЕВБ | YVB | YEVB, YeVB, EVB |
Manbalar Править
- ↑ Oʻzbek tilining imlo lugʻati. Toshkent, 1995. 25-b.
Ушбу мақолани ёзишда Ўзбекистон миллий энциклопедияси (2000-2005) маълумотларидан фойдаланилган. |