Qobul: различия между версиями

4352 байта добавлено ,  4 года назад
нет описания правки
(„Шахар кучлари ва маъмурий бинолари“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi)
 
Нет описания правки
Строка 1:
{{Maʼnolari|Qobul (maʼnolari)}}
Шахар кучлари ва маъмурий бинолари
[[File:Kabul Skyline.jpg|300px|right]]
 
'''Qobul''' ({{lang-ru|Кабул}}) — [[Afgʻoniston]]ning [[poytaxt]]i. [[Qobul viloyati]]ning [[maʼmuriyat|maʼmuriy]] markazi. [[Qobul daryosi]] [[vodiy]]sida, oʻrtacha 1.820 m [[mutlaq balandlik|balandlik]]da, Asmon va Sherdarvoza [[togʻlar]]i orasidagi [[voha]]da joylashgan.
 
[[Iqlim]]i [[subtropik mintaqalar|subtropik]] [[kontinental iqlim]]. [[Yanvar|Yanvar]]ning oʻrtacha temperaturasi 6, [[iyul]]niki 26°, yiliga 317 mm [[yogʻinlar|yogʻin]] tushadi.
 
[[Aholi]]si 750 ming kishi (2000).
 
[[Ptolemey Klavdiy|Ptolemey]] asarlarida Qobul Kobur shaklida uchraydi. [[Yunon-Baqtriya podsholigi]], [[Kushon podsholigi]], keyinchalik [[eftaliylar davlati]] tarkibida boʻlgan. Eftaliylar davlati tanazzulga uchragach ([[VI asr|6-asr]]), Qobulni [[buddizm]] [[din]]idagi mahalliy [[hokim]]lar (Qobul [[shoh|shox]]lari) idora qilgan. [[VII asr|7-asrda]] [[arablar]], [[IX asr|9-asr]]da [[safforiylar davlati|safforiylar]] bosib olgan. Qobul [[Somoniylar davlati|Somoniylar]], [[Gʻaznaviylar davlati|Gʻaznaviylar]], [[Temuriylar davlati|Temuriylar davlatlari]] tarkibiga kirgan. [[Shahar]] [[1221]] yilda [[Chingizxon]] [[qoʻshin]]lari tomonidan vayron qilindi. [[1504]] yil [[Bobur]] Qobulni oʻzi asos solgan davlatning poytaxtiga aylan-tirdi. [[1738]] yil [[Eron]] shohi [[Nodirshoh Afshor|Nodirshoh Afshar]] egalladi. Qobul [[1747]] yil [[Durroniylar davlati]] tarkibiga qoʻshib olindi. Temurshoh Durroniy davrida ([[1773]]—[[1793|93]]) Qobul poytaxtga aylantirildi. Durroniylar davlati tugatilgach ([[1818]]), Qobul [[Kobul amirligi]]ning markazi boʻlib qoldi. [[1825]] yilda amir [[Doʻstmuhammadxon|Doʻstmuhammad]] afgʻon yerlarini bir butun qilib birlashtirishga harakat qildi, bu esa keyinchalik Afgʻoniston davlatini vujudga kelishida muhim rol oʻynadi. Birinchi ([[1838]]-[[1842|42]]) va ikkinchi ([[1878]]-[[1880|80]]) Angliya-Afgʻoniston [[urush]]lari davrida shaharning koʻp qismi buzildi. [[1992]] yilda boshlangan ichki [[fuqarolar urushi]] davrida Qobul jiddiy zarar koʻrdi. Shaharni [[1996]]—[[2002]] yillarda mutaassib "tolibon" ichki [[muxolifat]] kuchlari egallab turdi. Ulardan ozod qilish uchun olib borilgan aksilterror harbiy harakatlar tufayli Qobulda yana vayronagarchiliklar boʻldi.
 
Qobul — mamlakatning siyosiy, [[iqtisodiyot|iqtisodiy]] va [[madaniyat|madaniy]] markazi. [[Avtomobil yoʻli|Avtomobil yoʻllari]] tuguni. Bagrom harbiy [[aerodrom]]i, xalqaro [[aeroport]] bor. Avtomobil yoʻllari orqali [[Pokiston]], [[Hindiston]], [[Eron]], [[Oʻzbekiston]] va boshqa davlatlar bilan bogʻlangan. Afgʻonistonning eksport va import mollarining asosiy qismi Qobul orqali oʻtadi. Qobul va uning atrofida [[toʻqimachilik sanoati|toʻqimachilik]] ([[ip]] [[gazlama]] kombinati, [[jun]] va [[ipak]] gazlamalar, [[trikotaj sanoati|trikotaj]] [[fabrika]]lari), [[oziq-ovqat sanoati|oziq-ovqat]], harbiy, [[yogʻochsozlik sanoati|yogʻochsozlik]], mashinalarni [[taʼmirlash]] va [[metall]] buyumlar tayyorlash [[korxona]]lari, [[gugurt]], [[koʻn-poyabzal sanoati|koʻn poyabzal]], [[gilam]] toʻqish fabrikalari, [[lak]]-[[boʻyoqlar|boʻyoq]], [[chinni]], [[qurilish materiallari]] [[zavod]]lari, [[issiqlik elektr markazi|issiqlik elektr]] [[elektr stansiyasi|stansiyasi]], shahar yaqinida [[Gidroelektrik stansiya|GES]] bor. Mayda [[hunarmandchilik]] korxonasi koʻp. Qobul — qorakoʻl teri bilan savdo qilinadigan markaz.
 
Qobulda Fanlar akademiyasi, [[Tarix]] [[jamiyat]]i, bir necha [[oliy oʻquv yurtlari|oliy oʻquv yurti]], jumladan, [[universitet]], [[bosmaxona]], [[teatr]], Qobul tarix-[[etnografiya]] [[muzey]]i, [[jamoat ishlari|jamoat]] [[kutubxona]]si ishlab turibdi. Qobul ikki qismdan iborat: eski shahar va yangi shahar. Yangi shahar qismida koʻplab zamonaviy [[bino]]lar [[qurilish|qurilgan]]. Shaharning koʻhna qismi Qobul daryosining [[janub|janubiy]] [[sohil]]ida. [[Meʼmorlik|Meʼmoriy]] [[yodgorlik]]laridan Bolo-Hisor qalʼasi, [[Bogʻi Bobur]], Temurshoh [[maqbara]]si, Chihil Sutun [[bogʻ]]i va [[saroy (qasr)|saroy]]i, [[Nodirshoh Muhammad|Muhammad Nodirshoh]] maqbarasi ([[XX asr|20-asr]]) va boshqalar saqlangan.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{OʻzME}}
 
{{Osiyo poytaxtlari}}
 
{{Zagotovka}}
 
[[Turkum:Afgʻoniston shaharlari]]
[[Turkum:Aholi punktlari]]