Rassel, Bertran
Bertran Artur Vilyam Rassel, (ингл. Bertrand Arthur William Russell, Earl Russell III; (18 may 1872-yil – 2 fevral 1970-yil)) britan faylasufi, tarixchi, matematik, patsifist, ratsionalist, Qirollik jamiyati aʼzosi, Nobel mukofoti va "Xizmatlari uchun" ordeni laureati boʻlgan.
Gʻarbiy falsafa XX asr | |
---|---|
Rassell 1907 yilda | |
Ism |
Bertrand Arthur William Russell, Earl Russell III |
Tavalludi |
18-may 1872-yilUels , |
Vafoti |
2-fevral 1970-yil |
Falsafa maktabi |
|
Asosiy qiziqishlari |
Etika, epistemologiya, mantiq, matematika, til falsafasi, fan falsafasi, ateizm |
Mashhur fikrlari |
Mantiqiy atomizm, taʼriflar nazariyasi, Rassell paradoksi, Rassell choynagi |
Olgan taʼsirlari |
Leybnits, Yum, Mur, Mak-Taggart, Frege, Uaythed, Vitgenshteyn, Mill, Peyn |
Koʻrsatgan taʼsirlari |
Tahliliy falsafa, Vitgenshteyn, Ayer, Karnap, Gyodel, Popper, Karl, Kuayn, Xomskiy, Ostin, Kripke, Shlik, Tarskiy, Vaysman, Devidson |
Buyuk Britaniya va AQShda bir necha universitetlarning professori. 1908 yildan London qirollik jamiyati aʼzosi. Ingliz neorealizmi va neopozitivizmi asoschisi. Uning fikricha, falsafa oʻz muammolarini tabiiyot ilmidan oladi, uning vazifasi — tabiiyot ilmi tamoyillari va tushunchalarini tahlil qilish va tushuntirishdan iborat.
Matematikani mantiqan asoslab berish maqsadida mantiqning deduktiv-aksiomatik tuzilishini rivojlantirgan. "Matematika asoslari" (A. Uaythed bilan birgalikda; 1—3 jildlar, 1910—13) asarini yozgan.
Rassel oʻzining sotsiologik qarashlari bilan psixologizmga yaqinlashgan. Uning fikricha, tarixiy jarayon va odamlarning xatti-harakati asosida instinkt, hissiyot yotadi.
Rassel obyektiv tarixiy qonuniyatlarni aniqlash mumkin emas, deb hisoblagan. U yadro qurolini taʻqiqlash va tinch-totuv yashash siyosatining tarafdori boʻlgan.
Paguosh harakati tashabbuskorlaridan biri. Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati (1950).
Manbalar Править