Vitgenshteyn, Lyudvig

Материал из УзЭнц

Lyudvig Vitgenshteyn (nem. -{Wittgenstein}-) (1889-yil 26-aprel, Vena - 1951-yil 29-aprel, Kembridj) — avstriyalik faylasuf va mantiqshunos, analitik falsafa namoyondasi.

1929 yildan Angliyada yashadi, Kembridj universiteti professori (1939—47). Falsafiy faoliyatining dastlabki davrida, B. Rasseldan keyin falsafani mantiqiy tahlil qilishni ishlab chiqdi. Vitgenshteyn "Mantiqiy-falsafiy risola" (1921) asarida oʻzi yaratgan sunʼiy til qurilishi tartiblarini tekshirdi. Uningcha, bu til mantiqiy jihatdan bekam-koʻst, yaʼni oddiy (tabiiy) tiddagi koʻp maʼnoli soʻzlardan, mantiqiy noaniqliklardan xoli.

Vitgenshteyn tildan, ongdan tashqari obyektiv reallik, borliq mavjudligini inkor etdi. Vitgenshteynning taʼkidlashicha, tildagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf qilish falsafaning vazifasidir. Vitgenshteynning bu qarashlari lingvistik falsafa taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. "Vitgenshteyn Lyudvig" OʻzME. V-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil