Saydullo Abdullayev
Abdullayev Saydullo Parxodbekovich (1965-yil 17-mart, Namangan) - Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Bosh direktori (2005-2018), MDH Banklar uyushmasi kengash a'zosi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori (2007-2017)[1].
Abdullaеv Saydullо Parxоdbеkоvich Абдуллаев Сайдулло Парходбекович | ||
| ||
---|---|---|
2005-yildan — 2018-yilgacha | ||
Hukumat boshlig‘i: | Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov (siyosatchi) | |
Prezident: | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev | |
Oʻtmishdoshi: | Toʻlqin Jabborov | |
Vorisi: | Baxtiyor Hamidov | |
Tavalludi: | 17-mart 1965 (59 yosh) Namangan | |
Mukofotlari: |
Biografiyasi Править
- 1982 — 1983 yillarda Namangan shahar Xalq sudida sud majlisining kotibi vazifasida ishlagan.
- 1983 — 1985 yillar armiya safida xizmat qilgan.
- 1986 yilda Tver Davlat Universitetining iqtisodiyot fakultetiga oʻqishga kirgan va 1991 yilda universitetni muvaffaqiyatli tamomlagan.
- 1991-1992 yillarda Namangan vilоyati istiqbolni belgilash va statistika Bosh boshqarmasi Reja komissiyasi mutaxassisi,
- 1992-1993 yillarda Namangan viloyat hokimi huzuridagi istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmasida mutaxassis, boʻlim boshligʻi vazifalarida ishlagan.
- 1993 yilning aprel oyidan 1994 yilning sentyabr oyigacha Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Namangan viloyat boʻlimi boshqaruvchisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
- 1994 yil sentyabr oyidan Aksiyadorlik tijorat banki „Gʻallabank“ Namangan viloyat filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
- 1996 yil oktyabrdan 1997 yil dekabr oyigacha Bank-mоliya akadеmiyasida tahsil olgan.
- 1997 yildan 1998 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Qimmatli qogʻozlar departamenti direktori,
- 1998-2000 yillarda Iqtisodiy tahlil departamenti direktori,
- 2000-2002 yillarda Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.
- 2002 yildan 2005 yilga qadar Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Bosh direktori oʻrinbosari, Bosh direktor vazifasini bajaruvchisi,
- 2005 yildan 2018-yilgacha Bosh direktor lavozimida faoliyat yuritmoqda[2].
- 2007-yildan 2017-yilgacha shuningdek, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori.
Manbalar Править