Singal tili

Материал из УзЭнц
Singal tili
Milliy nomi: -{සිංහල}-
Mamlakatlar: Shri Lanka
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Singal tili — hind (hindoriy) tillaridan biri, Shri Lanka Respublikasining davlat tili. Soʻzlashuvchilar 12 mln. kishidan ortiq. Singal tilining adabiy va soʻzlashuv shayuglarida jiddiy farq bor. Urgʻu soʻzning birinchi boʻgʻiniga tushadi, singarmonizmga moyillik bor. Morfologik tuzilishida agglyutinatsiya va yangi fleksiyaning aniq belgilari mavjud. Adabiy tilda feʼlning shaxs, son, jins (umumiy va muannas), zamon, oʻtimlilikoʻtimsizlik kategoriyalari mavjud. Gapda soʻzlarning muayyan tartibi bor. Ogʻzaki nutkda otgagshar koʻproq ishlatiladi. Leksikasida sanskrit, tamil, ingliz, portugal, malayya, arab, fors va boshqa tillardan oʻtgan soʻzlar koʻpchilikni tashkil etadi. Hozirgi St. jan. hind yozuvlaridan biri — granthi alifbosidan foydalanadi. Mil. av. 3-a.ga mansub kryatosh yozuvlari Singal tilining engqad. yodnomalaridir. 13-a.da Singal tilining klassik grammatikasi yaratilgan. St. ning yangi adabiy shakli jonli soʻzlashuv tili asosida shakllanmoqda.