Stempkovskaya, Yelena Konstantinovna

Yelena Konstantinovna Stempkovskaya (1921, Minsk viloyatidagi Mazurshchina qishlogʻi — 1942-yil 26-iyun, Belgorod viloyatidagi Zimovenka qishlogʻi) — Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi.

Yelena Stempkovskaya
Файл:Yelena Stempkovskaya.jpg
Tugʻilgan sanasi 1921
Tugʻilgan joyi Minsk viloyatidagi
Vafot sanasi 26-Iyun 1942-yil
Vafot joyi Belgorod viloyatidagi
Xizmatdagi yillari 1941 — 1942
Unvoni Kichik Serjant
Harbiy qism 216-oʻqchi polki oʻqchi bataloni
Jang/urush Ulugʻ Vatan urushi
Mukofotlari
[[commons:Category:Ошибка Lua: callParserFunction: function "#property" was not found.|Yelena Stempkovskaya]] Vikiomborda

Biografiyasi Править

Toshkent pedagogika institutida oʻqigan. Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi "1-Boyovut" qishlogʻida yashagan. 1941 yildan armiyada. Radiotelegrafchilar kursini tamomlagan. 1942 yil yanvardan frontda. 216-oʻqchi polki oʻqchi batalyoni (Janubiy Gʻarbiy front, 21-armiyaning, 76-oʻqchi diviziyasi) radisti, kichik serjant.

1942 yil 26 iyunda Belgorod viloyati Zimovenka qishlogʻi yonidagi jangda aloqani taʼminlagan va oʻzi halok boʻlgan (1946-yil 15-mayda Qahramon unvoni berilgan). Toshkentdagi 89-maktab Stempkovskaya nomi bilan atalgan va u yerda yodgorlik oʻrnatilgan. Toshkent pedagogika universiteti binosida yodgorlik lavhasi bor.[1]

Manbalar Править