Suaxili tili

Материал из УзЭнц
Suaxili tili
Milliy nomi: -{Kiswahili}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Suaxili tili, kisuaxili - bantu tillarining sharqiy guruhiga mansub til; eng avvalo suaxili xalqi shu tilda soʻzlashadi. Sharqiy va Mapkaziy Afrika mamlakatlarida tarqalgan (asosan, Birlashgan Tanzaniya Respublikasi, Keniya Respublikasi va Uganda Respublikasida ingliz tili bilan bir qatorda rasmiy til hisoblanadi). Turli manbalarga koʻra, soʻzlashuvchilarning umumiy soni 35— 55 mln. kishi atrofida. S. kiungu, kimvita, kingare, kiunguja, kitumbatu, kivumba kabi 20 ga yaqin lahjadan iborat. S. taxminan 7—8-a. larda Sharqiy Afrika qirgʻogʻi xalqlarining Afrika ichki hududlari va Sharq mamlakatlari bilan savdo aloqalari tufayli ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi jarayonida shakllana boshlagan. Turli davrlarda S.da kiamu, kimvita va kiunguja lahjalari ustunlik qilgan. Kiunguja lahjasi haqiqiy S. areali (Zanzibar o.)dan tashqariga chiqib, Sharqiy va Markaziy Afrikaga tarkalgan va adabiy tilga asos boʻlgan. Bantu tillari ichida S. katta miqdordagi arabizmlar (barcha soʻzlarning 40%) mavjudligi, qad. yozuv anʼanasiga egaligi bilan ajralib turadi. S. 10—11-a.lardan arab grafikasi, 20-a. boshlaridan esa lotin grafikasi asosidagi yozuvga ega.



Pll