Suaxili tili: различия между версиями

2 байта добавлено ,  2 года назад
м
Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}"
Нет описания правки
 
м (Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}")
 
(не показана 1 промежуточная версия этого же участника)
Строка 14:
'''Suaxili tili''', kisuaxili - bantu tillarining sharqiy guruhiga mansub til; eng avvalo suaxili xalqi shu tilda soʻzlashadi. Sharqiy va Mapkaziy Afrika mamlakatlarida tarqalgan (asosan, Birlashgan [[Tanzaniya|Tanzaniya Respublikasi]], [[Keniya|Keniya Respublikasi]] va [[Uganda|Uganda Respublikasida]] [[Ingliz tili|ingliz tili]] bilan bir qatorda rasmiy til hisoblanadi). Turli manbalarga koʻra, soʻzlashuvchilarning umumiy soni 35— 55 mln. kishi atrofida. S. kiungu, kimvita, kingare, kiunguja, kitumbatu, kivumba kabi 20 ga yaqin lahjadan iborat. S. taxminan 7—8-a. larda Sharqiy Afrika qirgʻogʻi xalqlarining Afrika ichki hududlari va Sharq mamlakatlari bilan savdo aloqalari tufayli ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi jarayonida shakllana boshlagan. Turli davrlarda S.da kiamu, kimvita va kiunguja lahjalari ustunlik qilgan. Kiunguja lahjasi haqiqiy S. areali (Zanzibar o.)dan tashqariga chiqib, Sharqiy va Markaziy Afrikaga tarkalgan va adabiy tilga asos boʻlgan. Bantu tillari ichida S. katta miqdordagi arabizmlar (barcha soʻzlarning 40%) mavjudligi, qad. yozuv anʼanasiga egaligi bilan ajralib turadi. S. 10—11-a.lardan [[Arab alifbosi|arab grafikasi]], 20-a. boshlaridan esa [[Lotin alifbosi|lotin grafikasi]] asosidagi yozuvga ega.
 
{{OʻzMEЎзМЭ}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
Pll