Tolish tili

Материал из УзЭнц
Tolish tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Tolish tili — eroniy tshoʻarning shim. gʻarbiy guruhiga mansub til. Ozarbayjon jan. va Eron shimolida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 200 ming kishiga yaqin (1979). Asosiy shevalari: lenkoran, astara, lerik, massali. Fonetikasida 7 unli fonema, til oʻrta va til orqa undoshlari oppozitsiyasi (k’k, g’ g) mavjud; morfologiyasida otlar 2 kelishik bilan oʻzgaradi, koʻpchilik feʼllarning qoz. va oʻtgan zamon shakllari bir xil, feʼllar 8 zamon, 4 mayl va 2 nisbat shakllariga ega. Sintaksisda aniklovchi aniqlanmishdan oldin keladi. Leksikasida ozarbayjon tilidan oʻzlashgan soʻzlar anchagina. 20-a.ning 30-y. larida Ozarbayjon tolishlari uchun yozuv yaratilgan boʻlsada, u ommalashmagan.