Toshkent xalqaro Vestminster universiteti

Материал из УзЭнц
Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti
(TXVU)
200px|TXVU binosi, Toshkent shahri
Xalqaro nomi Westminster International University in Tashkent (WIUT)
Asos solingan 2002-yil
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Komiljon Karimov
Fakultetlar 4 ta
Bakalavriat 4
Magistratura 1
Kampusi Toshkent shahri
Manzili Istiqlol koʻchasi, 12, Toshkent shahri, 100047, Oʻzbekiston
Vebsayti www.wiut.uz

Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) - Oʻzbekistondagi universitetlardan biri. 2002-yilda London Vestminster Universiteti, Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda "Isteʼdod" jamgʻarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Tarixi[править | править код]

Toshkent Vestminster universiteti prezidentimiz buyrug'i asosida ochilgan.

Kurslar[править | править код]

Xalqaro Umumta’lim kursi[править | править код]

TXVUning Xalqaro Umumta’lim kursi to’liq bir yillik kurs hisoblanadi. Kurs Vestminster Universiteti tomonidan rasman tasdiqlangan. Bu kurs oliy ta’lim uchun ilk qadam hisoblanadi. Kursning asosiy maqsadi talabalarni oliy ta’limning yuqori bosqichlariga tayyorlashdan iboratdir. Xalqaro Umumta’lim kursi Vestminster Universiteti tomonidan taqdim etilgan va Buyuk Britaniyaning barcha universitetlari va boshqa dunyoning ko’pgina universitetlaridagi bakalavr kurslariga kirish malakasini beradi.

Xalqaro Umumta’lim kursini muvaffaqiyatli tugatgan talabalar TXVU bakalavr kurslariga o’tish malakasini qo’lga kiritadilar. Shuningdek, talabalar London Vestminster Universitetining tegishli bakalavr kurslariga o’tish malakasiga ham ega bo’lishadi.

Asosiy xususiyatlari[править | править код]

Xalqaro Umumta’lim kursi quyidagi xususiyatlarga ega: Kurs talabalarni Buyuk Britaniya madaniyati va oliy ta’lim uslubi bilan tanishtiradi. Buning muhim tarafi shundaki, Buyuk Britaniya oliy ta’lim tizimi O’zbekiston oliy ta’lim tizimidan farq qiladi va bu tizimga moslashish uchun ma’lum vaqt ketadi Kurs talabalarni Ingliz tilida ta’lim olish qobiliyatini rivojlantiradi. Busiz talabalar ta’limning yuqoriroq bosqichlariga o’ta olishmaydi
Kurs Biznes, Axborot Texnologiyalari, Huquq va Iqtisodiyot uchun kerak bo’lgan boshlang’ich bilimni beradi va talabalarga kelgusi mutaxassisliklarini tanlashga yordam beradi.

Kurs muzokora qilish qobiliyatini va fikr erkinligini rivojlantiradi. Bular Buyuk Britaniya ta’lim tizimining muhim jihatlaridir.

Bakalavr kurslari[править | править код]

TXVU Buyuk Britaniyaning Vestminster Universiteti tomonidan tasdiqlangan bakalavr dasturi bo’yicha quyidagi yo’nalishlarda ta’lim beradi:

TXVU ta’lim berish va muomala vositasi sifatida Ingliz tilini asos qilib olgan. Universitet kurslari O’zbekiston milliy iqtisodi va jamiyatning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. TXVU davlatimizning ta’lim sohasidagi qimmatbaho tajribasini va Yevropa standartlari va ta’lim tarzini uygʻunlikda olib boradi.

Qabul[править | править код]

TXVUga qabul talablari Vestminster Universiteti tomonidan rasman tasdiqlangan qabul qoidalariga asoslangandir.

Hozirda qabul talablari quyidagilardan iborat:

Umumta’lim Kursi[править | править код]

Qabul qarorlari asoslangan tamoyillarning muhim tarafi shundaki, ular talabaga kursdan foyda olish va muvaffaqiyat qozonish imkonini beradi. Oʻqishga kirishni xohlovchilar yosh, Ingliz tili, Matematika va boshqa umumiy talablarga javob berishi kerak:

  • Yosh talabi: Birinchi oʻquv yili mobaynida talaba 17 yoshga toʻlishi kerak (oʻquv yili 1 oktyabrdan 30 sentyabrgacha davom etadi)
  • Ingliz tili talabi: Kamida 5.5 IELTS balli (IELTSning yozma bo’limidan 5.0 dan kam boʻlmasligi kerak) yoki shunga teng TOEFL balli
  • Matematika talabi: TXVUning matematikadan kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirish yoki matematikadan shunga mos tan olingan malakaga ega bo’lish yoki Vestminster Universiteti tomonidan tan olingan GCSE yoki International Baccalaureate malakalariga ega bo’lish
  • Umumiy talablar: Oʻzbekiston fuqarolari keng miqyosdagi maktab fanlarini o’qiganligi va maktabni tugatganligi to’g'risida shaxodatnomaga ega bo’lishlari kerak. Kamida o’rtacha 70% shaxodatnoma (attestat) balli yetarli bo’ladi.

Boshqa xalqaro tan olingan sertifikatlar ham qabul qilinishi mumkin. O’qishga kirishni xohlovchilar sertifikatlarining turi va darajasini koʻrsatishlari kerak. Sertifikatlar odatdagi Buyuk Britaniya talablariga koʻra qabul qilinadi.

Bakalavr Kurslari[править | править код]

Bakalavr kurslariga kirish uchun quyidagi talablar qoʻyilgan:

  • Yosh talabi: Birinchi oʻquv yili mobaynida talaba 18 yoshga toʻlish kerak (oʻquv yili 1 oktyabrdan 30 sentyabrgacha davom etadi)
  • Ingliz tili talabi: Kamida 6.0 IELTS balli-Tijoriy Huquq kursiga 6.5-(IELTSning yozma bo’limidan 6.0dan kam bo’lmasligi kerak) yoki shunga teng TOEFL balli
  • Matematika talabi: TXVUning matematikadan kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirish yoki matematikadan shunga mos tan olingan malakaga ega bo’lish yoki Vestminster Universiteti tomonidan tan olingan GCSE A/S, International Baccalaureate, SATS, ACT kabi malakalarga ega bo’lish
  • Umumiy talablar: Oʻzbekistonlik oʻqishga kirishni xohlovchilar keng miqyosdagi maktab fanlarini oʻqigan va maktabni tugatganligi toʻgʻrisida shaxodatnomaga ega boʻlishi va oliy o’quv yurtining birinchi oʻquv yilini muvaffaqiyatli tugatgan boʻlishlari kerak. Odatda kamida oʻrtacha 70% oʻzlashtirish balli yetarli boʻladi.

Boshqa xalqaro tan olingan sertifikatlar ham qabul qilinishi mumkin. Oʻqishga kirishni xohlovchilar sertifikatlarining turi va darajasini koʻrsatishlari kerak. Sertifikatlar odatdagi Buyuk Britaniya talablari asosida qarab chiqiladi.

Magistratura kurslari[править | править код]

Xalqaro biznes va menejment magistratura kursi[править | править код]

Xalqaro biznes va menejment magistratura kursiga quyidagi talablarga koʻra qabul qilinadi:

  • Yosh talabi: O’qishga qabul paytida kamida 22 yoshda boʻlish kerak
  • Bakalavr ilmiy darajasi talabi: Har qanday sohada Buyuk Britaniyaning Lower Second Class Honours yoki shunga mos boshqa bakalavr ilmiy darajasi
  • Ingliz tili talabi: Agar bakalavr ilmiy darajasi Ingliz tilida o’qitilmagan va baholanmagan bo’lsa, kamida 6.5 IELTS balli (yoki 600 Paper/250 Computer/100 Internet based TOEFL balli)

Malaka oshirish yoʻnalishida maxsus kurs[править | править код]

Bu kursga qabul talablari quyidagilardan iborat: Ta’lim oluvchilar TXVUda yoki boshqa oliy va oʻrta maxsus ta’lim dargohlari oʻqituvchilari va boshqa xodimlari hamda 14 va undan yuqori yoshdagi maktab oʻquvchilari bilan ishlaydigan oʻqituvchilar bo’ladi.

  • Bakalavr ilmiy darajasi yoki shunga ekvivalent ilmiy daraja;
  • Eng kamida 30 soatlik dars o’qitgan o’qituvchilar yoki fasilitatorlar;
  • IELTSdan 6.5 ball yoki shunga muvofiq keladigan TOEFL balli (600 paper-based, 250 computer-based, 100 internet based);
  • Suhbatdan muvaffaqiyatli o’tish.

Havolalar[править | править код]