UngʻuzAmudaryo vodiysidan markaziy Qoraqumning shimoliy chekkasi boʻylab shimoli-gʻarbga choʻzilgan soylik.

Uzunligi 470 km, eni 1—4 km. Shimoldan balandligi 60—80 kmli Ungʻuzorti Qoraqumlari, janubdan esa uncha baland boʻlmagan qumli qator tepalardan iborat yon bagʻirlik bilan oʻrab olingan. Tubi notekis, uzunligi 15 kmcha, eni 1—4 km keladigan shoʻrxok va taqirlar bilan qoplangan, zanjirsimon choʻzilgan botiqchalardan iborat. Botiqchalarni bir-biridan bir oz koʻtarilgan qumloq togʻ jinslari yoki shamol keltirib yotqizgan qumli toʻsiqlar ajratgan. Ungʻuz Amudaryoning qadimiy oʻzani karst suffozion jarayonlar natijasida kelib chiqqan degan fikrlar mavjud. Toʻgʻrirogʻi Ungʻuz tektonik harakatlar natijasida kelib chiqib, keyinroq uning shakllanishida erozion, karst suffozion va eol jarayonlar qatnashgan.

  1. YONALTIRISH Template:Turkmenistan-geo-stub