Valliy tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Valliy tili, uels, kimr tili — Buyuk Britaniyaning Uels ya.o.dagi valliylar tili. Hind-yevropa tillari oilasining kelt guruhiga mansub. Bu tilda 900 mingga yaqin kishi gaplashadi (1990-y.lar oʻrtalari). V.t.5—6-a.lardan shakllana boshlagan. Tarixi 3 davrga boʻlinadi: qad. (8—11-a.lar); oʻrta (12—14-a.lar); yangi (15-a.dan). Hozirgi V.t. 4 dialektga ega: 1) gvined (shim.-gʻarbiy); 2) pouis (shim.-sharqiy, markaziy); 3) dived (jan.-gʻarbiy) va 4) gvinet (jan.sharqiy). Adabiy V.t. jan. va markaziy dialektlar asosida yuzaga kelgan. V.t. uchun soʻzda unlilar qorishiqligi, undoshlarning galma-gal kelishi xosdir. Feʼllar tizimi ancha rivojlangan, nomlar tizimi esa sodda. Hoz. vaqtda eski sintetik shaklni yangi, analitik shaklga aylanish jarayoni ketmoqda. Lugʻat tarkibida metin tilidan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. V.t. 20-a. 50—60-y.laridan Uels hududida rasmiy til mavqeiga ega boʻldi (dav-riy matbuot, kitoblar shu tilda chiqadi, universitetda oʻqitish ham olib boriladi). Yozuvi lotin grafikasi asosida.

Adabiyotlar Править

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil