Xurrit tili
Xurrit tili | |
---|---|
Milliy nomi: | -{}- |
Mamlakatlar: | |
Mintaqalar: | |
Rasmiylik holati: | |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: | |
Tartiblovchi tashkilot: | |
Oʻrni: | |
Holati: | |
Turkumlanishi | |
Turkum: | |
Alifbosi: | |
Til kodlari | |
-{ISO 639-1 | }- |
-{ISO 639-2 | }- |
-{ISO 639-3 | }- |
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik |
Xurrit tili — Armaniston togʻligi jan.ida, shim. Suriya va Mesopotamiyada, Kichik Osiyoning jan.sharqiy qismida va Ugarit shahrida tarqalgan ulik til. Xurrit tilining genetik aloqalariga doyr yagona fikr mavjud emas. Rus olimlari I. M. Dyakonov va S. A. Starostinlarning Xurrit tili va unga qarindosh urart tilinint naxdogʻiston tillari bilan qarindoshligi haqidagi farazi bir qadar ishonchli fikr xisoblanadi. Xurrit tilining saqlanib qolgan yodgorliklari unda oʻzaro farqdanuvchi 6 lahja borligini koʻrsatadi.
Xurrit tilining eng qad. yodgorligi mil. av. 3ming yillik oxiriga mansub. Xorijiy tillar matnlaridagi atokli otlar va soʻzlar mil. av. 2ming yillikdan keyin ham Xurrit tili Arman togʻliklarining ayrim joylarida soʻzlashuv tili sifatida qoʻllanganini koʻrsatadi. Mil. av. 1-ming yillikdayoq bunday matnlar mavjud boʻlmagan. Yozuvi — boʻgʻinli mixxat; ugarit alifboli mixxatida ham yodgorliklar uchraydi.
Ушбу мақолани ёзишда Ўзбекистон миллий энциклопедияси (2000-2005) маълумотларидан фойдаланилган. |