Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati: различия между версиями

Материал из УзЭнц
м (Birlashtirish andozasi almashtirildi)
 
м (1 revision imported: Iqtisodiyot va moliya)
(нет различий)

Версия от 23:46, 5 июня 2018

Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati (YeIH) — mintaqaviy integratsiya tashkilotlaridan biri. 1957-yilda Rim shartnomasiga koʻra tuzilgan, baʼzida „Umumiy bozor“ deb ham atalgan. Dastlab Yevropadagi 6 mamlakat (Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg) tashkilot aʼzosi boʻlgan, keyin Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973-yildan), Gresiya (1981-yildan), Ispaniya, Portugaliya (1986-yildan) qoʻshilgan. YeIH qitʼada — iqtisodiy taraqqiyot darajasini koʻtarish yoʻli bilan yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirishga xizmat qildi. 1993-yil Yevropa Ittifoqiga tarkibiy qism boʻlib kirdi[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Шаблон:Economy-stub Turkum:Iqtisodiyot va moliya