Abutaliyev, Faradey Basirovich

Материал из УзЭнц
Версия от 05:07, 8 сентября 2018; uz>PlanespotterA320 (qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB))
(разн.) ← Предыдущая версия | Текущая версия (разн.) | Следующая версия → (разн.)

Abutaliyev Faradey Basirovich (1932.25.3, Toshkent) — matematik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), fizika-mat, fanlari doktori (1964), professor (1972). O‘rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1952). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Hisoblash markazli ki-bernetika institutida ilmiy xodim (1957— 62), 1962 yildan laboratoriya mudiri. Faradey Abutaliyev ishlari differensial tenglamalar, hisoblash mat. si, dasturlash, axborotlar nazariya-si, elastiklik nazariyasi, gidrodinamika muammolariga bag‘ishlangan. A. parabo-lik tipdagi nochiziqli tenglamalarning ixtiyoriy shaklli sohalaridagi yechimla-rini topish uchun tejamli hisoblash sxe-malarini ishlab chiqdi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Шаблон:OʻzME

Turkum:Matematiklar