Adolat sotsial-demokratik partiyasi

Материал из УзЭнц
Версия от 15:12, 27 мая 2018; Sf7 uz (обсуждение | вклад) („'''Adolat sotsial-demokratik partiyasi''' (SDP Adolat) — O‘zbekistondagi siyosiy partiya. Adolat partiyasi 1995-yil 18-fevralda tashkil topgan. Par...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi)
(разн.) ← Предыдущая версия | Текущая версия (разн.) | Следующая версия → (разн.)

Adolat sotsial-demokratik partiyasi (SDP Adolat) — O‘zbekistondagi siyosiy partiya.

Adolat partiyasi 1995-yil 18-fevralda tashkil topgan. Partiya Siyosiy kengashining sekretari lavozimiga birinchi A. Jo‘raboyev saylangan.

Matbuoti

Partiya muassisligidagi gazeta 1995 yil 22 fevraldan Toshkentda chiqa boshlagan. Haftada bir marta chop etiladi. Muassisi: O‘zbekiston "Adolat" SDP Siyosiy kengashi va "Adolat" gazetasi ijodiy jamoasi. O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy demokratiya qoidalariga asoslangan, yangi ijtimoiy munosabatlar qaror topgan adolatli fuqarolik jamiyatini qurish yuzasidan "Adolat" SDP olib borayotgan faoliyatni keng yoritish gazetaning asosiy vazifasidir. Tahririyat huzurida yuristlar, iqtisodchi olimlar, tadbirkorlardan tashkil topgan jamoatchilik kengashi faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekistonning barcha viloyatlarida o‘z muxbiriga ega. Adadi — 10 ming (2000).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil