Algoritm

Версия от 23:20, 5 июля 2021; Sf7 uz (обсуждение | вклад) (Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}")
(разн.) ← Предыдущая версия | Текущая версия (разн.) | Следующая версия → (разн.)

Algoritm - berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir.

Algoritm, algorifm — maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ish-latiladigan amallarning muayyan tar-tibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va mat.ning aso-siy tushunchalaridan biri. O‘rta asrlar-da sanoqning o‘nli tizimi bo‘yicha to‘rt arifmetik amal bajariladigan qoidani A. deb atashgan. "Bu qoidalarni mat.ga 9-a.da al-Xorazmiy kiritgan. Yevro-pada bunday qoidalar uning tugilgan yurtiga nisbatan lotinchalashtirilgan (Algoritmus yoki Algorithmus shakli-da "algorizm" deyilgan), keyinchalik "algoritm"ga aylangan" (akad. A. N. Kol-mogorov). Fanda "Yevklid algoritmi", "G‘iyosiddin Koshiy algoritmi", "Laure algoritmi", "Markov algoritmi" deb ataluvchi A.lar maʼlum. A. tushunchasi tobora kengayib borib, kibernetikaning nazariy va mantiqiy asosi hisoblangan A.lar nazariyasi paydo bo‘ldi. O‘zR da bir necha i.t. muassasalari va hisoblash mar-kazlarida A.dan foydalanish sohasida samarali ishlar olib borilmoqda. Mas, O‘zbekiston FA "Kibernetika" ilmiy i.ch. birlashmasida, O‘zbekistondagi bar-cha un-tlarda, Toshkent davlat texnika untida, O‘zR Makroiqgisod va statistika vazirligi qoshidagi Hisoblash markazi va boshqa muassasalarda olib borilayotgan ishlar bunga misol bo‘la oladi.[1]

Atama tarixi Править

"Algoritm" atamasi mashhur matematik, yurtdoshimiz Al-Xorazmiy nomi bilan bogʻliq boʻlib uni lotinlashtirilishidir. Bizga maʼlum boʻlgan eng qadimiy algoritm bu Yevklid algoritmidir. Algoritmlar nazariyasi, ayniqsa, XX asrda juda rivojlanib, u bilan Tyuring, Post, Chyorch, Viner, Markov, Kolmogorov kabi yuksak olimlar shugʻullanishgan.

Algoritm xususiyatlari Править

  • Aniqlik(deterministik) - har bir vaqtda algoritmning keyingi qadami uning mazkur holati bilan toʻliq aniqlanadi.
  • Tushunarlilik - algoritm faqat uni bajaruvchisi uchun tushunarli buyruqlardan iborat boʻlishi shart.
  • Yakunlanishi - algoritm albatta chekli qadamdan soʻng yakunlashishi lozim.

Manbalar Править

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil