Babugan-yayla

Материал из УзЭнц

Babugan-yaylaQrim togʻlarining Bosh tizmasidagi eng baland togʻ, Gurzuf va Alushta oraligʻida. Oʻrtacha bal. 1000—1400 m, eng baland joyi 1545 m (Roman-Kosh). Yuqori yura davrining ohaktoshlaridan tarkib topgan. Karst hodisasi tufayli yer yuzasi oʻnqir-choʻnqir boʻlib ketgan. Yon bagʻirlari oʻrmon bilan qoplangan, togʻ tepasi toshloq va oʻtloq. Yon bagʻrida Qrim qoʻriqxona - ov xoʻjaligi joylashgan.

Adabiyotlar[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil