Balxash-Olakoʻl soyligi

Материал из УзЭнц

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Ensiklopediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.


BALXASH-OLAKOʻL SOYLIGI - Qozogʻistondagi yassi botiq. 340 – 600 m balandlikda. Kattagina qismi Balxash koʻli bilan band. Sharqida Sassiqkoʻl va Olakoʻl koʻllari, jan.da Tovqum, Muyinqum, Sarieshikutrov qumli choʻllari bor. Qiya bukilma va uni daryo qumli yotqiziqlari bilan toʻlishi natijasida hosil boʻlgan. Qumliklarning balandligi 30 m gacha. Saksovul, juzgʻun, teresken, shoʻra, shuvoq oʻsadi. Tuproqlari asosan qoʻngʻir choʻldasht va kam karbonatli sur tuproq, shoʻrxok. Yiliga 135 – 200 mm yogʻin tushadi.

Adabiyotlar[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil