Chatqol tizmasi

Материал из УзЭнц
Версия от 23:22, 5 июля 2021; Sf7 uz (обсуждение | вклад) (Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}")
(разн.) ← Предыдущая версия | Текущая версия (разн.) | Следующая версия → (разн.)

Chatqol tizmasi - Gʻarbiy Tyan shandagi togʻ tizmasi. Qirgʻiziston va Oʻzbekiston hududlarida. Fargʻona va Chatqol vodiylarini birbiridan ajratib turadi. Jan.gʻarbdan shim.sharqqa 220 km choʻzilgan. Shim.sharqiy qismida Talas Olatovidan Terekbel dovonining gʻarbrogʻida ajralgan, jan.gʻarbda Chirchiq vodiysida tugaydi. Balandligi 3000–3500 m, eng baland joyi 4503 m. Chatqol tizmasi da birbiridan daryolar bilan ajralgan bir kancha togʻ massivlari bor. Bulardan yiriklari Surenota, Qizilnura, Uchtosh, Arashon, Sargardon, Qumbel va boshqa Chatqol tizmasi asimmetrik tuzilishga ega. Shim. va shim.gʻarbiy yon bagʻirlari Chatqol daryosi vodiysidan tik koʻtarilgan. Jan. va jan.sharqiy yon bagʻirlari esa kiyaroq. Suvayirgʻich qismida koʻplab tik koʻtarilgan choʻqqilar bor. Yon bagʻirlari zich daryo vodiylari bilan kesilgan, denudatsion yuzalar tarqalgan.

Tektonik jihatdan gersin burmalanishi davrida shakllangan antiklinoriy. Hozirgi balandligiga bugungi kunlarda ham davom etayotgan yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilgan. Chatqol tizmasi, asosan, paleozoy davri choʻkindi, metamorfik, otqindi togʻ jinslari (slanets, ohaktosh, granit, granodiorit, porfir va boshqalar)dan tashkil topgan. Etaklarida paleogen, neogen, toʻrtlamchi davr shagʻal, gil, konglomerat, lyoss katlamlari uchraydi. Suvayirgʻich va unga yondosh qismlarida qad. muzliklar qoldirgan muzlik yotqiziqdari (morenalar) ham tarqalgan. Iqlimi kontinental, kishi sovuq, yozi salqin, sernam. Yiliga 1000 mm dan ziyod yogʻin tushadi (gʻarbiy qismida yogʻingarchilik kamroq). Tuproqoʻsimlik qoplami balandlik mintaqalari boʻyicha togʻdasht mintaqasidan boshlanib, abadiy qorlar bilan qoplangan nival mintaqada tugaydi. Tizmaning etaklarida boʻz tuproqlar tarqalgan. Ularda lola, lolaqizgʻaldoq, rang , qoʻngʻirbosh, oq kavrak, bugʻdoyiq, chalov, betaga, taktak, boʻtakoʻz, butalardan doʻlana, togolcha, achchiqbodom va boshqa oʻsadi. Yuqoriroq qismlarida qoʻngʻir togʻoʻrmon, kashtan tuproqlarda baland boʻyli oʻtlar, tikanli bodom, doʻlana, zirk, archa, yongʻoq, qoraqaragʻay, zarang , qayin va boshqa uchraydi. 3000 m balandlikda subalp, alp oʻtloqdari mavjud. TTGuningdek, mushukquyruq, alp lolasi, yovvoyi piyoz, kiziltikan, kavrak va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan qobon, boʻrsiq, olmaxon; tizmaning baland qismlarida kiyik, qor qoploni, silovsin, boʻri, ayiq, tulki va boshqa; qushlardan kaklik, kaptar, bulbul, qirgʻiy, lochin, kalxat va boshqa uchraydi.

CH.t. hududida Sarichelak qoʻriqxonasi va UgomChatqol davlat tabiat milliy bogʻi tashkil etilgan. Chatqol tizmasining tabiiy resurslaridan eng muhimlari: qazilma boyliklar, suvenergiya resurslari, shifobaxsh iqlimi, mevali va dorivor oʻsimliklaridir.

Murod Mamatqulov.