Chirchiq
Shahar
Chirchiq
|
250px|thumb|Bursel—Tashkent—Tekstil Chirchiq — Toshkent viloyatidagi shahar. Chirchiq daryosining oʻng sohilida, Qorjontovning yon bagʻrida, 730 m balandlikda, Toshkentdan 30 km shimoli-sharqda joylashgan. Aholisi 170,1 ming kishi (2015).
Shahar tarixi
Toshkent Chorvoq temir yoʻldagi stansiya va avtomobil yoʻllari chorrahasi. Ch. 1932 yilda daryo boʻyidagi Qirgʻizquloq, Qipchoq, Niyozbek qishloqlari oʻrnida yirik elektrkimyo kti qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Yangi sanoat korxonalari qurilishi bilan aholi soni ham tez oʻsdi (1939 yil — 15 ming kishi, 1959 yil — 65 ming kishi, 1970 yil — 107,4 ming kishi). 30 — 40- yil larda Industrial texnikumi binosi, 50- yillarda elektrkimyo korxonasining Madaniyat saroyi va boshqa jamoat binolari qurildi. 1966—67 yillardan koʻp qavatli yirik panelli binolar qad koʻtardi. 2-jahon urushida halok boʻlgan chirchiqliklar xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik, madaniyat va istirohat bogʻlari, xiyobonlar, maktablar, poliklinika, kasalxona va boshqa bunyod etildi. Shahar yonida aholining dam olish joylari mavjud.
Zavod va fabrikalar
Shaharda "Chirchiqqishloqmash", "Transformator", "Oʻzbekkimyomash", "Elektrkimyosanoat" (mineral oʻgʻitlar), qattiq qotishmalar va oʻtga chidamli metallar kti kabi korxonalar ishlab turibdi. 26 ta qoʻshma korxona (shu jumladan, "Kibo", "Chirkom", "Uzmetalltexnolodji", "Bursel—Tashkent—Tekstil"), 850 dan ziyod kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. Qurilish materiallari, temirbeton konstruksiyalari ishlab chiqariladi. Gʻisht, asfaltbeton zavodlari, goʻsht, non ktlari, poyabzal va tikuvchilik fkalari mavjud.
Aholisi
Chirchiq aholisi 170 000 ming odam atrofida sanaladi. Chirchiq ko`p millatlarni o`z bag`riga sig`dirgan shahar. Chirchiqda o`zbek, qozoq, tojik, rus, tatar, qoraqolpoq, qizg`iz, koreys va boshqa millat vakillari tinch totuvlikda hayot kechirmoqdalar. Chirchiq shahrining aholisi yildan yilga oshib bormoqda. Ohirgi yillarda yangi turar joylar qurilib shahar infrastrukturasi rivojlanmoqda. Aholisi asosan o`zbek, rus va qozoq tillarida gaplashishadi.
Ta'lim va madaniyat
Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti, 25 umumiy taʼlim maktabi, 7 oʻrta maxsus bilim yurti, 12 kutubxona, 3 madaniyat muassasasi, muzey, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Kasalxona (500 oʻrin), poliklinika, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar ishlab turibdi. 2017 yili Chirchiqda yangi Pedagogika Insituti ochildi va Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport instituti Chirchiqga koʻchirilgan.
Transport
Chirchiqdan Toshkent shahriga avtobuslar va yonalishli kichik mikroavtobuslar(gazel) qatnaydi. Shahar ichida 26 ta yonalishli avtobus va mikro avtobuslar qatnamoqda. Shahardan poezd yoli o`tgan.
"Chirchiq tongi" gazetasi (1932 yildan nashr etiladi, adadi 760), "Chirchiq" (1932 yildan nashr etiladi, adadi 800) gazetalari chiqariladi.
Turkum:Oʻzbekiston:Shaharlar Turkum:Oʻzbekiston aholi punktlari Turkum:Toshkent viloyati