Gebrid orollari

Версия от 21:01, 27 октября 2017; m>Olaf Studt (+ 10 × [[]]; +Turkum:Arxipelaglar; +Turkum:Yevropa; +Turkum:Buyuk Britaniya; -{{no iwiki}} +{{OʻzME}})
(разн.) ← Предыдущая версия | Текущая версия (разн.) | Следующая версия → (разн.)

Gebrid orollari - Atlantika okeanidagi arxipelag . Shotlandiyaning shim.-gʻarbida. 500 dan ortiq mayda oroldan (Lyuis, Skay, Mall va b.) iborat. Buyuk Britaniya tarkibida. Mayd. 7,5 ming km2. Tashqi Gebrid va Ichki Gebridlarga boʻlinadi, ular Nort-Minch, LitlMinch boʻgʻozlari va Gebrid burni orqali ajralib turadi. Orollar kristall jinslar va bazalt krplamlaridan tashkil topgan. Relyefi pasttekislik va past togʻlardan iborat (bal. 1009 m gacha). Koʻp qismi toshloq va botqoqli yerlar. Lava dalalari, qad. muzlik izlari saqlangan. Iqlimi moʻʼtadil, dengiz iqlimi; yanvar

ning urtacha t-rasi 4—6°, iyulniki 12—14°, yillik yogʻin 1000–2000 mm.

Yaylov koʻp, baʼzan qayinzorlar uchrab turadi. Aholi asosan baliq ovlash, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Movut ishlab chikariladi. Turizm rivojlangan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Шаблон:OʻzME 


Turkum:Arxipelaglar Turkum:Yevropa Turkum:Buyuk Britaniya