Hamidilla Nigʻmatovich Oripov

Материал из УзЭнц

Oripov Hamidilla Nigʻmatovich (1940.10.10. — Toshkent — 1998.14.3) — kimyogar olim. Oʻzbekiston FA akademigi (1995), kimyo fanlari doktori (1979), professor (1987).

Toshkent politexnika institutini tugatgan (1962).

Oʻzbekiston FA Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida laboratoriya mudiri (1983—85), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1985— 89), direktor (1989-98). Ilmiy ishlari tabiiy faol birikmalarni oʻrganish va samarali sintetik preparatlar olishga oid. Oripov rahbarligida dezoksipeganin gidroxlorid, medamin kabi dorivor preparatlar, gelmintlarga qarshi qoʻllanadigan samarali preparatlar — albendazol, medapek, fenasal va boshqalar sintez qilingan, butilkaptaks defoliantini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.

Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1984).[1]

Abdulla Nigʻmatovich Oripov bilan aka-uka.

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil